Digitiser (Raqamlashtirish) — tayyor tasvirlarni raqamli shaklga oʻtkazishga moʻljallangan qurilma. Digitayzer soʻzi inglizcha digitizing (raqamlashtirish) va tablet (panshet) soʻzlarini birlashtirish orqali kelib chiqqan. Grafik planshet(digitayzer)dan, kompyuterga chizma va rasmlarni kiritish uchun foydalaniladi. Grafika planshetlari qoʻl bilan yaratilgan axborotni bevosita kompyuterga kiritish uchun moʻljallangan qurilma. Bosim yoki qalam yaqinligiga sezuvchan boʻlgan tekis planshetlardan iborat, uning tarkibiga maxsus sichqoncha ham qoʻshilishi mumkin.

Tarixi tahrir

Zamonaviylarga oʻxshagan birinchi grafika planshetlari 1964 yilda „grafik konverteri“ (ingliz Graphic Converter) nomi bilan taqdim etildi. Ular qalam bilan qoʻlga kiritilgan zaif magnitli impulslar ketma-ketligini yaratadigan ingichka simlarning bir panjarasini oʻz ichiga olgan boʻlib, u qalamning joriy holatini aniqlashga imkon berdi. Isteʼmol bozori uchun dastlabki planshetlarga „KoalaPad“ deb nom berilgan. Dastlab bu planshetlar Apple II kompyuteri uchun yaratilgan boʻlsa-da, „Koala“ boshqa shaxsiy kompyuterlarga ham tarqaldi. Keyinchalik boshqa kompaniyalar oʻz modellarini ishlab chiqarishni boshladilar. Odatda, koʻpgina shaxsiy kompyuterlarda klaviatura va sichqoncha kiritish qurilmalari sifatida ishlatiladi. Bunday interfeysning nomutanosibligi tufayli, kompyuter sichqonchasi yordamida biror narsa yozishni yoki chizishning iloji yoʻq edi. Grafik maʼlumotlarni qalam yoki ruchka orqali kompyuter xotirasiga kiritish gʻoyasini birinchi boʻlib, Yaponiyaliklar oʻylab topishdi. Shubhasiz, bu holat tufayli birinchi kabeli planshetlar Yaponiyada paydo boʻlgan. 1984 yilda Yaponiyaning WACOM kompaniyasi tomonidan asos solingan simsiz ruchka bilan birinchi grafik planshet sotuvga chiqarildi. 1987 yilda WACOM muhandislari batareyasiz ishlaydigan, bosimga sezgir simsiz qalam ishlab chiqardi. Kiritish qurilmasi sifatida simsiz qalamni qoʻllash WACOM kompaniyasining asosiy gʻoyasi va yoʻnalishi boʻldi. Tashqi tomondan, qalam oddiy ruchkaga oʻxshaydi, u batareyani yoki magnitlarni oʻz ichiga olmagan, shuning uchun yengil, ruchkani oson va qulay ishlatish mumkin.

Tavsifi tahrir

Digitayzer - tasvir chizish uchun moʻljallangan maxsus sensorli paneldan va qalamdan tashkil topgan. Qalam planshet ekranida harakatlantirilib tasvir hosil qilinadi. Kiritilgan tasvir esa xotiraga raqamli koʻrinishdagi maʼlumot sifatida yoziladi yaʼni tasvir raqamli maʼlumotga oʻzgaradi. Tasvirni yaratish shartlari realga yaqinlashtirilgan boʻlib, maxsus pero orqali maxsus yuzaga rasm chizishning oʻzi kifoya. Ishning natijalari monitor ekranida takror ishlab chiqiladi va kerak boʻlganda qogʻozga chop etish mumkin. Zamonaviy digitayzerlarda qalamni qanday kuch bilan ishlatsangiz, chizmadagi chiziqlar qalinligi shunga qarab oʻzgaradi. Odatda, digitayzerlardan ijodkor insonlar, dizaynerlar va meʼmorlar foydalanadilar.[1]

Manbalar tahrir

  1. Abuyeva Nargiza.