Dilbar Abdulazizova

oʻzbek teatr va kino aktrisasi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti

Dilbar Sabitovna Abdulazizova (1951-yil 12-sentyabrda tug'ilgan, Do'rmon, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek teatr va kino aktrisasi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti (2013).

Dilbar Abdulazizova
Dilbar Sabitovna Abdulazizova
Tavalludi 12-sentyabr 1951-yil
Vafoti 16-may 2019-yil(2019-05-16)
(68 yoshda)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi oʻzbek teatr va kino aktrisasi
Mukofotlari xizmat koʻrsatgan artist Oʻzbekiston xalq artisti

Biografiyasi tahrir

Dilbar Abdulazizova 1972-yilda Aleksandr Nikolayevich Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr va rassomchilik institutini (hozirgi Davlat sanʼat va madaniyat instituti) tamomlagan. Shu yili Xamid Olimjon nomidagi Samarqand viloyat musiqali drama teatrida ish boshladi. 1973-yilda Respublika Oʻzbekiston yosh tomoshabinlar teatri teatri aktrisasi boʻldi[1].

2000-yilda Dilbar Abdulazizova xizmat koʻrsatgan artist[2], 2013-yilda esa Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti [3] unvoniga sazovor boʻlgan.

Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Dilbar Abdulazizova 2019-yil 15-mart kuni uzoq davom etgan xastaligi tufayli vafot etdi.

Teatr asarlari tahrir

Dilbar Abdulazizova oʻndan ortiq turli spektakllarda rol oʻynagan. Uning asosiy rollari quyidagi spektakllarda edi:

  • „Qor malikasi“
  • „Qoʻngʻiroqli ayyor“
  • „Mening otam qahramon“
  • „Otlar yigʻlaganda“
  • „Qizil qalpoqcha“[4]

Kino ishi tahrir

Dilbar Abdulazizova oʻzbek filmlarida ham suratga tushgan:

  • Bahor qaytmaydi“ — Lobar rolini ijro etgan (1970)[1] .
  • „Sarvinoz“ — yoshligida Ilhomning onasi rolini oʻynagan (2004).
  • „Sehrgar“ — xola rolini oʻynagan (2011).

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Ўзбекистон Республикаси халқ артисти Дилбар Абдулазизова 68 ёшида вафот этди“ (uz). madaniyat.uz. Qaraldi: 2020-yil 24-yanvar. [sayt ishlamaydi]
  2. Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 2000 года № УП-2704 «О награждении в связи с девятой годовщиной независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, просвещения, средств массовой информации и общественных сфер
  3. Редактор. „Актриса театра и кино Дильбар Абдулазизова умерла в возрасте 68 лет“ (ru). vkratce.uz (2019-yil 15-mart). 2021-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-yanvar.
  4. „Uz24.uzда 16 март тонгги хабарлари“ (uz). http://uz24.uz/.+Qaraldi: 2020-yil 24-yanvar.