'Dilbar Mahmudova— 1936-yil 8-aprelda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1959-yili Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ni tamomlagan.Respublika matbuotida uning 300 dan ortiq publitsistik maqolasi eʼlon qilingan.Dilbar Mahmudovaning ilk kitobi „Yarim asr yonma-yon“ nomi bilan chop etilgan. Shundan soʻng uning „Har maktubda umr lahzasi“, „Halima“, „Hayotdan keyingi hayot“, „Moʻyqalamda yozilgan roman“, „Sinmagan Surxon qizi“, „Mehr quyoshi“, „Osmonmisiz, quyoshmisiz yo oymisiz, buvijon!“ kitoblari nashr qilingan. Turmush oʻrtogʻi Tilab Mahmud bilan hammualliflikda „Umr shomidagi baxt“, „Tortadirman jabrini“, „Omonat dunyo“ nomli pesalar yozgan. Mazkur asarlar Oʻzbek Milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan.O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist hamda Jurnalistlar ijodiy uyushmasi aʼzosi Dilbar Mahmudova 85 yoshida vafot etdi[1].

Manbalar tahrir