Dilbar Karimovna Rashidova (1958-yil 22-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor.

Dilbar Rashidova
Tavalludi 22-iyun 1958-yil (1958-06-22) (65 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Sohasi qishloq xoʻjaligi
Ish joylari Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
Taʼlimi Toshkent qishloq xoʻjalik instituti
Ilmiy darajasi qishloq xoʻjaligifanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

Dilbar Rashidova 1958-yil 22-iyun Toshkentda tugʻilgan. 1980-yilda Toshkent qishloq xoʻjalik institutini tamomlagan[1]. 1980—1983-yillarda Oʻzbeskiton Fanlar akademiyasi Oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutida laborant, 1983-yilda Toshkent qishloq xoʻjalik institutida kichik ilmiy xodim, 1984—1987-yillarda Oʻzbeskiton Fanlar akademiyasi Oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutida stajyor-tadqiqotchi, 1987—1993-yillarda „Uzselxozximiya“da muhandis, katta agroximik, 1993—1997-yillarda „Wolfson Sharq Enterprises“ kompanitasi direktor muovini, 1997—2002-yillarda „Spesingeo“ firmasi direktor muovini, 2002—2014-yillarda respublika qishloq xoʻjalik ekinlari birlamchi urugʻchiligi va urugʻshunoslik stansiyasi laboratoriya mudiri lavozimida faoliyat koʻrsatgan. 2014-yildan Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti „Oʻsimliklar biokimyosi va fiziologiyasi“ laboratoryasida loyiha rahbari[1].

Oilasi tahrir

Oilali, 3 nafar farzandi bor[1].

Ilmiy faoliyati tahrir

2010-yilda nomzodlik, 2016-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 2021-yilda professorlik ilmiy unvoni berilgan[1]. Dilbar Rashidova tomonidan gʻoʻza chigiti va oʻsimligining rivojlanish jarayonlariga Bombyx Moridan ajratib olingan xitozan va uning xosilalari bilan kapsulalangan polimer tizimining taʼsiri aniqlangan. Gʻoʻzaning mahalliy UZXITAN polimer preparati bilan kapsulalangan urugʻlarida kechadigan oʻsish va rivojlanish jarayonlari koʻrib chiqib, fotosintetik jarayonga turli tashqi va ichki omillarning taʼsiri oʻrgangan, UZXITAN, karboksimetilxitozan (KMX), va shuningdek mis xitozan metallokompleksini urugʻlarni kapsulalashda qoʻllashning samaradorligi aniqlagan. 280 dan ortiq ilmiynmaqolalar, 6 ta monografiya, 6 ta tavsiyanoma, 5 ta patent va risolalar muallifi[1]. Dilbar Rashidova tomonidan „Семеноводство и семеноведение сельскохозяйственных культур“, „Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tishtirishda polimer shaklli preparatlarning qoʻllanilishi“, „Совершенствование определения качества посевных семян сельскохозяйственных культур“ va „Применение биологически активных полимеров на хлопчатнике“ nomli monografiyalar chop ettirilgan. 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlangan. Toshkent viloyati „Olima“ uyushmasi raisi[1].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383 bet. 

Andoza:OʻTOE

Havolalar tahrir