Dilbar Usmonova
Dilbar Saidmahmudovna Usmonova (tugʻ. 1960-yil 4-iyun, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek shifokori. 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.[1]
Dilbar Usmonova | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati | |
Mansab davri 2020-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
4-iyun 1960-yil Surxondaryo viloyati, OʻzSSR, SSSR |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi |
Kasbi | shifokor |
Maʼlumoti | Toshkent Davlat tibbiyot instituti |
Biografiyasi
tahrirDilbar Usmonova 1960-yil 4-iyunda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan[1]. 1983-yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini tamomlagan.
Lavozimi
tahrirMehnat faoliyatini 1983-yilda Mintaqaviy tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti endokrinologiya boʻlimida kichik ilmiy xodim sifatida boshlagan. 1983-yildan 2006-yilgacha Endokrinologiya ilmiy-tadqiqot institutining fizioterapiya boʻlimi mudiri lavozimida ishlagan. 2006-2007-yillarda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi huzuridagi kurortlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, tibbiyot boʻlimi boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 2007-2010-yillarda esa „Umid gulshani“ MChJ sanatoriysi direktori[1], 2010-2011-yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy markazi bosh vrachi. 2011-yildan buyon Dilbar Usmonova „Farhod Madad Shifo“ xususiy klinikasi bosh direktori, Qibray tumanidagi „Save-Agro-Trade“ oilaviy korxonasi (qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash bilan shugʻullanuvchi korxona) rahbari lavozimlarida ishlab kelmoqda[2].
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi aʼzosi. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi[3].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „arxiv nusxasi“. 2021-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
- ↑ „Кандидаты“ (ru). elections.uz. Qaraldi: 2021-yil 18-may.
- ↑ „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2021-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.