Dilerlik faoliyati
Dilerlik faoliyati — 1) keng maʼnoda, oʻzining tavakkalchiligi, oʻz nomi va hisobidan diler bilan shartnomaviy munosabatlarga ega boʻlgan tadbirkorlik faoliyati subʼektining mulki bilan bitimlar tuzish; 2) qimmatli qogʻozlar bozoridagi kasbiy faoliyat turlaridan biri. Dilerlik faoliyati deb muayyan qimmatli qogʻozlarni ularning xarid narxi yoki sotish narxini ommaviy eʼlon qilish orqali oʻz nomidan va hisobidan oldi — sotdi bitimini amalga oshirishi tushuniladi.
Qimmatli qogʻozlarni bunday faoliyatni amalga oshirayotgan shaxs eʼlon qilgan narxlarda xarid qilish va (yoki) sotish majburiyati olinadi. Qimmatli qogʻozlar bozorining Dilerlik faoliyati amalga oshirayotgan professional ishtirokchisi diler deb ataladi. Faqat tijorat tashkiloti boʻlgan yuridik shaxsgina diler boʻlishi mumkin (OʻzR Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlangan Investitsiya vositachilari toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1108, 13.03.2002-yil)[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi