Artiqov Dilmurod Raxmatillayevich – oʻzbek huquqshunosi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi V chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati[1]. Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi.

Artiqov Dilmurod Raxmatillayevich
Tavalludi 1988-yil
Yangiqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi
Kasbi huquqshunos
Faoliyat yillari 2015 – hozirgacha
Unvoni Yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Hayoti

tahrir

Dilmurod Artiqov 1988-yilda Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanida tugʻilgan. 2012-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti va Nagoya universitetini tamomlagan, 2014-yilda Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura bosqichini yakunlagan. Yuridik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) va dotsent unvoniga ega. Faoliyatini 2015-yilda Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqituvchi sifatida boshlagan. 2015-2022-yillarda Toshkent davlat yuridik universitetida katta oʻqituvchi, shuningdek, Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi dotsenti lavozimlarida ishlagan. 2022-yildan esa Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida faoliyatini boshlagan[2].

Manbalar

tahrir