Dilorom Xusnitdinovna Fayzieva (tugʻ. 13-iyul 1962-yil, Toshkent shahri, Oʻzbek SSR, SSSR) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati[1], Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi.

Dilorom Fayzieva
 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 13-iyul 1962-yil (1962-07-13) (62 yosh)
Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Maʼlumoti Toshkent davlat tibbiyot instituti

Biografiyasi

tahrir

Fayziyeva Dilorom Xusnitdinovna 1962-yil 13-iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 1985-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Ixtisosligi - sanitariya, gigiyena va epidemiologiya vrachi. Tibbiyot fanlari nomzodi.

Mehnat faoliyatini 1985-yilda Toshkent davlat tibbiyot instituti bolalar va o‘smirlar gigiyenasi kafedrasi assistenti lavozimidan boshlagan. 1987-1995-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ilmiy xodimi, 1996-2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Suv muammolari instituti yetakchi ilmiy xodimi, laboratoriya rahbari lavozimlarida ishlagan.

2020-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining raisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Manbalar

tahrir
  1. „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2021-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-sentyabr.