Dilshod Boymurodovich Hamzayev (1969-yil 16-martda OʻzSSRning Qashqadaryo viloyat Gʻuzor tumanida tugʻilgan) — oʻzbek davlat arbobi, 2020-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi IV chaqiriq  deputati. Sanoat, qurilish va savdo qoʻmitasi aʼzosi[1].  O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi boshqarma boshlig‘i.

Dilshod Boymurodovich Hamzayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 16-mart 1969-yil (53 yosh)
Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Siyosiy partiyasi „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi
Taʼlim O‘zbekiston Milliy universiteti;
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi

Biografiyasi tahrir

Dilshod Hamzayev 1969-yil 16-aprelda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida tug‘ilgan. 1993-yilda Toshkent Davlat universitetini, 1998-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Hamzayev mehnat faoliyatini 1993-yilda Qashqadaryo viloyat Davlat soliq boshqarmasi inspektori lavozimidan boshlagan. 1999-2000-yillarda Toshkent shahar Mirobod tumani Davlat soliq inspeksiyasi guruh boshlig‘i lavozimida ishlagan. 2000-2005-yillarda Moliya vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutida yetakchi ilmiy xodim, direktor o‘rinbosari vazifalarida mehnat qilgan. 2005-2006-yillarda Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi loyihasi bo‘yicha tadqiqot guruhiga rahbarlik qilgan. 2006-2007-yillarda „Umumtaʼlim maktablarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish“, 2007-2010-yillarda „Umumtaʼlim maktablari uchun darsliklar va o‘quv adabiyotlarini nashr etish tizimini takomillashtirish“ loyihalarini amalga oshirishga rahbarlik qilgan. 2011-2017-yillarda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2017-2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kommunal xo‘jaligi, transport, kapital qurilish va qurilish sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti bosh inspektori bo‘lgan[2].

2018-2019-yillarda Iqtisodiyot vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida, 2019-yildan esa O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan.

Dilshod Boymurodovich 2020-yildan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati va „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi hamda Sanoat, qurilish va savdo qoʻmitasi aʼzosi hisoblanadi[3].

Manbalar tahrir