Dilshodbek Yusupbayevich Roʻzmetov (oʻzbekcha: Dilshodbek Yusupbayevich Ro‘zmetov; 1999-yil 12-mart, Urganch, Oʻzbekiston) -oʻzbek havaskor va professional bokschisi, yengil vazn toifasida ishtirok etadi. 81 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida ringga koʻtarilayotgan bokschi. Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, 2020-yilgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, Jahon chempionati kumush medali (2019), Osiyo chempioni (2021), havaskorlar oʻrtasidagi xalqaro va mamlakat chempionatlarining koʻp karra sovrindori.

Dilshodbek Yusupbayevich Ro'zmetov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 12-mart 1999-yil (1999-03-12) (25 yosh)
Urganch, Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport boks
Sport mukofotlari
Jahon chempionati
Kumush Yekaterinburg 2019 81kg gacha
Osiyo chempionati
Oltin Dubay 2021 81kg gacha

Havaskorlik faoliyati tahrir

Dilshodbek Roʻzmetov yoshligidan sport bilan shugʻullana boshlagan, jang sanʼatining turli seksiyalarida qatnashgan. Uning debyuti 2015-yilda (Sankt-Peterburg) boks musobaqasida boʻlib oʻtgan. Keyin u Edgard Sambovga yutqazib, ikkinchi oʻrinni egallagan.

Dilshodbek Roʻzmetov yarim ogʻir vazn toifasida ringga tushadi.

2019-yilda Yekaterinburgda oʻtkazilgan jahon chempionatida u finalga yetganda qozogʻistonlik bokschi Bekzod Nurdauletovga imkoniyatni boy berib, jahon chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritadi[1]. Turnir boʻyicha Roʻzmetov raqiblari Loren Dominges va Benjamin Uittakerdan kuchliroq edi.

2020-yil mart oyida Osiyo/Okeaniya uchun saralash turniri(ingl.) Ammanda (Iordaniya) boʻlib oʻtgan jangda u avstraliyalik Paulo Aokusoga ochkolar hisobida yutqazdi va 2020-yilgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmadi.

U 2021-yil fevral oyida Sofiyada (Bolgariya) boʻlib oʻtgan „Stranja“ xalqaro turnirda 81 kilogrammgacha vazn toifasida finalda rossiyalik Ruslan Kolesnikov ustidan gʻalaba qozonadi va turnir gʻolibi boʻladi[2].

2021-yilning may oyida u Dubayda (BAA) yarim ogʻir vazn toifasida finalda eronlik Meysam Gheshlagini magʻlub etib, Osiyo chempioni boʻldi.

2021-yil iyul oyida Tokio Olimpiadasida musobaqaning 1/16 finalida ochkolar boʻyicha (5:0) irlandiyalik Emmett Brennanni magʻlub etdi, ammo keyin musobaqaning 1/8 finalida – koʻpchilik tomonidan raqobatbardosh jangda qaror (1:4) u Ozarbayjon terma jamoasi ishtrokchisi kubalik Loren Alfonsoga yutqazib qoʻydi – yakunda 2020-yilgi Olimpiada bronza medali sovrindoriga aylandi[3].

Ayni paytda Dilshodbek Roʻzmetov jami 17 ta jang oʻtkazgan.

Professional faoliyati tahrir

2021-yilning 17-dekabr kuni Toshkent shahrida (Oʻzbekiston) yarim ogʻir vazn toifasida tajribali rossiyalik Maksim Smirnovni (8-10-3) bir ovozdan (60-54-3 ball) magʻlubiyatga uchratib, professional boksdagi faoliyatini boshlagan.

Jahon chempionati natijalari tahrir

Birinchi raund: Shinebayar Narmandaxni (Moʻgʻuliston) 5:0 hisobida magʻlub etdi

Ikkinchi raund: Piter Pitani (Kongo Demokratik Respublikasi) 5:0 hisobida magʻlub etdi

Uchinchi raund: Andrey Aradoayni (Ruminiya) 5:0 hisobida magʻlub etdi

Chorak final: Loren Alfonsoni (Ozarbayjon) 3–2 hisobida magʻlub etdi

Yarim final: Benjamin Whittakerni (Angliya) 5:0 hisobida magʻlub etdi

Final: Bekzad Nurdauletov (Qozogʻiston) 5:0 hisobida magʻlub boʻldi

Oilasi tahrir

Dilshodbek Roʻzmetov hali uylanmagan. U ota-onasi bilan yashaydi.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir