Dinara Yo‘ldosheva

oʻzbek dramaturgi, teatr va qoʻgʻirchoq teatri rejissori

Dinara Alijanovna Yoʻldosheva (1952-yil, 1-noyabr, Toshkent) — oʻzbek dramaturgi, teatr va qoʻgʻirchoq teatri rejissori.

Dinara Alijanovna Yoʻldosheva
Tavalludi 11-yanvar 1952-yil
Kasbi dramaturgi, teatr va qoʻgʻirchoq teatri rejissori

Tarjimai hol tahrir

Dinara Yoʻldosheva 1952-yil 1-noyabrda Toshkent shahrida ijodkorlar oilasida dunyoga keladi. Buvisi Nazira Aliyeva, Oʻzbekiston xalq artisti, Oʻzbekiston san’at va teatr institutida sahna nutqi oʻqituvchisi.

U 1974-yilda Toshkent teatr va rassomchilik institutining teatr tanqidchisi fakultetini tamomlagan. 1983-1988-yillarda Toshkent davlat pedagogika institutining boshlangʻich ta’lim uslubchisi ixtisosligi boʻyicha tahsil olgan.

1976-yildan 1986-yilgacha u yoshlar teatrida adabiyot boʻlimiga rahbarlik qilgan. 1991-yilda Respublika qoʻgʻirchoq teatrida dastlab adabiyot boʻlimi boshligʻi, 2008-yildan postanovkachi-rejissor sifatida, 2019-yildan esa Davlat qoʻgʻirchoq teatri bosh rejissori lavozimlarida ishlab kelgan.

Sahnalashtirilgan spektakllari tahrir

  • “Quvnoq Balagʻanchiq” (rej. F.Xoʻjayev, D.Yoʻldosheva, 1997-yil)
  • “yana Andersen” (oʻzbek, rus, ingliz, 2002-yil)
  • “Kim mushuk boʻldi?” (2002-yil)
  • Shelkunchik (rej. F.Xoʻjayev, D.Yoʻldosheva, 2008-yil)
  • Qizil qalpoqcha (2008-yil)
  • Yulduzli bola (2008-yil)
  • Semurgʻ (2009-yil)
  • "Soya" (2010-yil)
  • “Eh, bu Xoʻja Nasriddin” (2011-yil)
  • “Baxram merosi” (“Sirli oʻgʻirlanish”, 2012-yil)
  • "Dyumchaxon" (2014)
  • “Oʻyinqaro quyoncha” (“Buka” qissasi asosida, 2015-yil)
  • "Quyosh va qor odamlari" (2016-yil)
  • "Soya" (qayta tartibga solingan, 2017-yil)
  • "Qani olgʻa Misik!" (2017-yil)
  • “Mazl va Shlimazl” (2019-yil)

Oilasi tahrir

Oliy xalq raqs va xoreografiya maktabi dosenti Tohir Yoʻldoshev bilan oila qurgan. Ayni kunda uch nafar farzandi bor: Nodira (A.Navoiy nomidagi Opera va balet teatri rejissori), Shuhrat (“ZOR” TV telekanali bosh rejissori) va Shavkat "Unique present" mediaxoldingida operator va montaj rejissori). Renata va Dinaralarning suyukli buvijonisi.

Havolalar tahrir