Ding Ling
Ding Ling (xitoycha: 丁玲; 1904-yil 12-oktyabr — 1986-yil 4-mart) — XX asrning eng mashhur xitoylik ayol yozuvchilardan biri.[2] U 1951-yilda adabiyot boʻyicha Sovet Ittifoqining Stalin nomidagi ikkinchi mukofotiga sazovor boʻlgan.
Ding Ling | |
---|---|
Asl ismi | 丁 玲 |
Tavalludi |
12-oktyabr 1904-yil |
Vafoti |
4-mart 1986-yil (81 yoshda) |
Kasbi | yozuvchi |
Ijod qilgan tillari | Xitoy tili[1] |
Fuqaroligi | Xitoy va Republic of China (1912–1949) |
Bolalari | Hu Siaopin |
Yoshligi
tahrirDing Ling Hunan provinsiyasining Linli shahrida zodagonlar oilasida tugʻilgan. Otasidan uch yoshida yetim qolgan. Yolgʻiz ona oʻqituvchilik qilib mashaqqat bilan farzandlarini tarbiyalagan. Ding Ling keyinchalik bolalik xotiralaridan kelib chiqib, onasining boshidan kechirganlarini „Ona „ nomli romanida tasvirlagan. U uch yuzdan ortiq asarlar muallifidir. Onasidan matonat sabogʻini olgan boʻlajak adib yoshligidanoq faol boʻlgan.[3] Ding Ling 1920-yilda oila urf-odatlarini buzgan holda amakivachchasiga turmushga chiqishdan voz kechib, Shanxayga qochib ketdi. U 1986-yil 4-martda Pekinda vafot etgan.
Ding Lingga Shen Kongven va shoir Xu Yepin kabi zamonaviy yozuvchilarning taʼsiri yuqori boʻlgan. Eng mashhur hikoyalaridan biri 1927-yilda nashr etilgan “Sofiya xonimning kundaligi“dir. Unda yosh bir ayolning baxtsiz hayoti, sinovlarga boy muhabbati tasvirlangan. Bu asarning yaratilishiga 1920-yillarda Xitoyda paydo boʻlgan „Yangi ayol“ harakati bevosita taʼsir qilgan. 1931-yilda kommunistlar bilan aloqadorlikda ayblangan Xu Yepin qatl etiladi va buning taʼsirida Ding Ling chap qanot yozuvchilar ligasi faoliyatiga qoʻshiladi.
Siyosiy faoliyati
tahrirKommunistik inqilobiy harakatda ayblangan Ding Ling 1933-yildan 1936-yilgacha Gomindan hukumati tomonidan uch yil muddatga uy qamogʻiga olingan. Biroq u yerdan qochib ketib, Yunan kommunistik bazasiga qoʻshilgan. Maʼlum vaqtdan soʻng Xitoy adabiyoti va sanʼati uyushmasi direktori boʻlib ishlaydi. U „8-martdagi fikrlar“ nomli maqolasida partiyaning ayollarga boʻlgan munosabatini, erkaklarning ayollarga nisbatan bepisand qarashini ayovsiz tanqid ostiga oladi. Lekin maqola Mao Tszedun va partiya rahbariyati tomonidan qattiq qoralangani uchun Ding Ling oʻz qarashlaridan voz kechishga majbur boʻlgan.
Uning 1948-yilda yozilgan „Sanggan daryosida porlagan quyosh“ romanida qishloqlardagi yer-suv islohotining salbiy oqibatlari bayon qilingan. Bu asari uchun 1951-yilda adabiyot boʻyicha Stalin mukofotiga sazovor boʻlgan.
Aytishim mumkinki, agar menda Gʻarb adabiyoti taʼsiri boʻlmaganida, ehtimol, oʻz asarlarimni yoza olmagan boʻlardim. Ruhiy iztirobga tushgan paytlarim Lotin Amerikasi va Afrika adabiyotini oʻqib tasalli topdim, deydi yozuvchi gʻarb adabiyoti haqida toʻxtalarkan.
Toʻplamlari
tahrir- Zulmatda. 1928-yil.
- Oʻz joniga qasd qilish kundaligi. 1928-yil.
- Ayol. 1928-yil.
- Yozgi taʼtil paytida. 1928-yil.
- Suv. 1930-yil.
- Tungi uchrashuv. 1930-yil.
- Kasalxonada. 1941-yil.
- Ding Ling asarlari. 6 jild. 1982-yil.
- Veyhu . 1930 yil.
- Muqin, Ona 1930-yil.
Adabiyotlar
tahrir- Xitoy yozuvchilari Ding Ling ishtirokidagi yozuv haqida . Ed. Artur Sze. (Trinity University Press, 2010).
- Alber, Charlz J. Yolgʻonni quchoqlash: Ding Ling va XXRdagi adabiyot siyosati. Westport, CT: Praeger, 2004. 1 nusxa.
- Barlou, Tani, „Ding Lingning „Onasi“dagi jins va oʻziga xoslik.“ Zamonaviy Xitoy adabiyoti 2, 2 (1986): 123-42.
- Barlou, Tani, Xitoy feminizmidagi ayollar masalasi. Durham, Dyuk universiteti nashriyoti, 2004. 1 nusxa. (Ding Ling haqidagi materiallar mavjud).
- Bjorge, Gari J. „„Sofiyaning kundaligi“: Kirish.“ Tamkang sharhi 5, 1 (1974): 97-110.
- Chang, Jun-mei. Ting Ling, uning hayoti va ishi. Taypey: Xalqaro munosabatlar instituti, 1978 yil.
- Dien, Dora Shu-Fang. „Ding Ling va „Miss Sofining kundaligi“: oʻsmirlarning shaxsiyatini shakllantirishning psixobiografik tadqiqoti.“ Rivoyatlarning maʼnosini yaratish: Hayotning hikoyasini oʻrganish 6 Ming Oaks, Kaliforniya: Sage Publications, 221-237.
- Ding Ling va uning onasi: madaniy psixologik tadqiqot. Xantington, NY: Nova Science, 2001.
- Feng, Jin. „„Jasur zamonaviy qiz“: Ding Lingning ilk fantastikasi.“ *Feng, XX asr boshlari xitoy fantastikasidagi yangi ayol. West Lafayette, IN: Purdue University Press, 2001, 149-70.
- „Inqilobiy davr: Ding Lingning 1930-yillar boshidagi fantastikasi“. Fengda, XX asr boshlari xitoy fantastikasidagi yangi ayol. West Lafayette, IN: Purdue University Press, 2001, 171-88.
- „Yanʼandagi Ding Ling: qism tarkibidagi yangi ayol?“ Fengda, XX asr boshlari xitoy fantastikasidagi yangi ayol. West Lafayette, IN: Purdue University Press, 2001, 189-96
- Feuerverker, Yi-tsi Mei. Ding Lingning fantastikasi: zamonaviy xitoy adabiyotida mafkura va hikoya. Kembrij: Garvard UP, 1982 yil.
- „Adabiyot va hayot oʻrtasidagi oʻzgaruvchan munosabatlar: Ding Ling [Ting Ling]dagi yozuvchi rolining jihatlari“. Merle Goldmanda, ed. 4-may davridagi zamonaviy xitoy adabiyoti. Kembrij: Garvard universiteti nashriyoti, 1977, 281-307.
- „Ting Lingning „Men Sha Chuanda (Bulutli qishloq) boʻlganimda“.“ Belgilar, Madaniyat va jamiyatdagi ayollar jurnali 2, 1 (1976): 255-79.
- „Adabiyotdan foydalanish: Yanʼandagi Ding Ling“. V. Kubin va R. Vagner, muharrirlar, zamonaviy xitoy adabiyoti va adabiy tanqidining ocherklarida. Bochum: Brokmeyer, 1981 yil.
- Xuang, Sinkun. „Siyosat, gender va adabiy yozuvlar: 1940-yillarning boshlarida Ding Lingni oʻrganish.“ Osiyo madaniyati jurnali 14 (1990): 33-54.
- Kubin, Volfgang. „Xitoy Xalq Respublikasida jinsiy hayot va adabiyot, Ding Lingning „Sofiya kundaligi“ (1928) va Si Rongning „Gʻayrioddiy post“ (1962) hikoyalarida koʻrsatilganidek, 1949-yilgacha va undan keyingi xitoylik ayolning muammolari.“ Volfgang Kubin va Rudolf G. Vagner, muharrirlar, zamonaviy Xitoy adabiyoti va adabiy tanqidining ocherklarida. Bochum: Brokmeyer, 1982, 168-91.
- Lai, Emi Tak-ye. „Ozodlik, chalkashlik, qamoq: Ding Lingning „Miss Sofi kundaligi“ va Chjan Jining „Sevgi unutilmasligi kerak“ romanidagi ayol oʻzini oʻzi.“ Qiyosiy adabiyot va madaniyat 3 (1998-yil sentyabr): 88-103.
- Tang, Xiaobing. „1930-yil Shanxay bahori: inqilobiy tanani yaratish.“ Xitoy modernizmida: qahramonlik va quotidian. Durham: Dyuk UP, 2000, 97-130.
- Vang, Shunju. „Ding Lingning „Miss Sofining kundaligi“ va Zora Neale Hurstonning koʻzlari Xudoga qaragan edi.“ Ikki ovozli ayol munozaralari. Tamkang sharhi 27, 1 (1997): 133-158.
- Chjan, Jingyuan. „Feminizm va inqilob: Ding Lingning ishi va hayoti“. Joshua Mostow, ed va Kirk A. Denton, Xitoy boʻlimi, ed., Columbia Companion to Zamonaviy Sharqiy Osiyo adabiyotlari. NY: Columbia UP, 2003, 395-400.
- Chjou Liangpei. Ding Ling zhuan (Ding Lingning tarjimai holi). Pekin: Pekin shiyue wenyi, 1993 yil.
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ Britannica.com, Ding Ling
- ↑ Feuerwerker, Yi-Tsi Mei (1984-yil sentabr). „In Quest of the Writer Ding Ling“. Feminist Studies. 10-jild, № 1. Feminist Studies, Vol. 10, No. 1. 65–83-bet. doi:10.2307/3177896. JSTOR 3177896.
{{cite magazine}}
: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim:|date=
(yordam)