Diniy marosim
Diniy marosim-kishilarning diniy ta’limotlardan, ularning qonun-qoidalari va aqidalaridan kelib chiqadigan diniy faoliyat va xatti-harakatlari. Diniy marosim har qaysi din vakillarining o‘z diniy ta’limotlari asosidan kelib chiqqan. Islom dinida aqiqa, amri ma’ruf,xatna, ro‘za va ramazon hayiti, qurbonlik va qurbon hayiti,namoz, haj va boshqa marosimlar bor. O‘zbekistonda diniy marosimning bemalol amalga oshirilishi ta’minlanadi, ammo ular qonunlar, jamoat tartibini buzmasligi va shaxsga hamda fuqarolarning huquqiga daxl qilmasligi kerak.Diniy marosimda qatnashish fuqarolarning xususiy ishidir va hech qanday huquqiy munosabatlarni keltirib chiqarmaydi. Diniy marosimga amal qilinganlik haqidagi hujjatlar huquqiy kuchga ega emas.Diniy marosim ibodatxonalar, diniy tashkilot muassasalari,ziyoratgoxdar, qabristonlar,fuqarolar xonadonlari va uylarida o‘tkaziladi. Maxsus binolardan tashqarida diniy marosim yoki ommaviy ibodatlar o‘tkaziladigan holatlarda bu haqda mahalliy hokimiyat ogohlantirib qo‘yishi va bunday tadbirlar qat’iy tartibga rioya qilingan holda tashkil etilishi lozim[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 175.
Adabiyotlar
tahrir- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |