Diniy ong-ijtimoiy ong shakllaridan bo‘lib, muayyan diniy tasavvurlar, tizimlar obyektiv va subyektiv omillar asosida shakllanadi. Diniy ong in’ikos etgan ijtimoiy hodisalar majmui ko‘p qirrali, murakkab va ziddiyatli jarayon ifodasidir. Uning mazmunini real voqeilikdagi, ijtimoiy hayotdagi narsa va hodisalarni tabiatdan, jamiatdan tashqarida mavjud deb hisoblaydigan ularni o‘ziga xos tarzda aks ettiradigan ma’naviy e’tiqod va amallar tashkil etadi. Diniy ong shakllanishida diniy e’tiqod muhim o‘rin tutadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 177.

Adabiyotlar

tahrir
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.