Diniy sekta
Diniy sekta-ma’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo‘lmagan holda din
bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatadigan guruxdar tushuniladi.
Bugungi kunda har ikkala yo‘nalishga mansub bo‘lgan ko‘plab sektalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Mutaxassislar ularning sonini taxminan 5000 atrofida, deb baholaydilar.
Zamonaviy voqelik diniy - ekstremistik xarakterdagi
sektalarning inson ongi va qalbi uchun kurash yo‘lidagi
faoliyatining jonlanishi kuzatilayotganini ko‘rsatmoqda.
Xususan, ma’lumotlarga ko‘ra, birgina Rossiyaning o‘zida
“Bogorodichiy sentr”, “Serkov ob’edineniya”, “Serkov
Isusa”, “Serkov Novogo Zaveta”, ”Beloye bratstvo”,
”Bojestvenniy orden Pervogo Angela” kabi o‘nlab diniy
sektalar noqonuniy ravishda faoliyat olib bormoqda. “Kult
satanlar” deb ataladigan sekta ham keng tarqalgan. Ayrim
ma’lumotlarga ko‘ra o‘ta xavfli bo‘lgan bu sektaning Rossiyada 100 ming, Yer yuzida 5 milliondan ortiq tarafdorlari bor.
Ular aholining diniy bilimlari pastligidan
foydalanib, oxiratning yaqinligi bilan qo‘rqitish hamda
asosan yoshlar va moddiy ahvoli nochor bo‘lganlar ichida ish olib borish yo‘li bilan o‘z tarafdorlarini ko‘paytirishga harakat qilmoqdalar.Bunday sektalarga asos solgan “avliyo”lar o‘z izdoshlarini aldash yo‘li bilan ularning mol-mulklariga egalik qilishga urinmoqdalar.
Yashirin faoliyat olib borishi, sekta ichida bo‘layotgan
voqealarning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lib qolmasligining qattiq nazorat qilinishi ular faoliyatidan jamoatchilikning bexabar qolishini keltirib chiqarmoqda[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 177.
Adabiyotlar
tahrir- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |