Diodot (Diodotos) (? — mil.av. 230) — Yunon-Baqtriya podsholigi asoschisi. Mil. av. 3-asr oʻrtalarigacha Antiox II ning Baqtriyadagi noibi boʻlgan. Salavkiylarning Oʻrta Osiyodagi noibi. Mil. av. 250 y.da Baqtriyani mustaqil deb eʼlon qilib, podshoh unvonini qabul qilgan (D. I) D. davrida saltanat hududiga Soʻgʻdiyona, Areyya, Margʻiyona va ehtimol Paropamisad viloyatlari ham kirgan. D. vafotidan soʻng oʻgʻli Diodot II taxtga oʻtirgan.

AdabiyotTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil