Diomedea dabbenena
Tristan albatrosi yoki Diomedea dabbenena[1] (lotincha: Diomedea dabbenena) — albatrossimonlar oilasiga mansub yirik dengiz qushi. Diomedea jinsining buyuk albatroslaridan biri, u 1998-yilda toʻliq tur sifatida tan olingan[2].
Diomedea dabbenena | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Qushlar |
Oila: | Albatrossimonlar |
Urugʻ: | Albatroslar |
Turlari: | Diomedea dabbenena |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Diomedea dabbenena Mathews, 1929 |
Tashqi koʻrinish va turmush tarzi
tahrirD. dabbanena albatroslari 3 metrdan oshiq ulkan qanotlari tufayli okean ustida parvoz qilish uchun juda moslashgan. Ilgari, bu qushlar juda oʻxshash patlar tufayli sayohat qiluvchi albatrosning kichik turi hisoblangan (lotincha: Diomedea exulans). Katta yoshlilarda patlari oq rangga ega, tepasi esa toʻq boʻladi. Sayohat qiluvchi albatros va D. dabbenenani farqlash qiyin, ammo D. dabbenenaning rangi nisbatan toʻq va jussasi kichikroq boʻladi, balogʻatga yetmagan qushlarda esa kattalarga qaraganda patlarning oqarish jarayoni sekinroq boʻladi.
Xulq-atvor
tahrirTristan albatrosi baliq va boshoyoqli mollyuskalar bilan oziqlanadi. Ular ikki yilda bir marta koʻpayadi va 400 dan 700 m gacha (1300–2300 fut) balandlikdagi nam tuproqlarda uyalarini quradilar[3]. Ular monogam boʻlib, 10 yoshga toʻlguncha koʻpayishni boshlamaydilar[4].
Tarqalish
tahrirAlbatros D. dabbenenaning tarqalishg doirasi Tristandakunya arxipelagi bilan cheklangan. Ular arxipelagning asosiy oroli — Tristanda halok boʻlishdi, ammo Gough va Inaccessible orollarda omon qolishdi. Gough orolida qushlar soni yildan-yilga oʻzgarib turadi, lekin odatda 1500 tadan 2400 ta juftgacha boʻlishi mumkin. Tristan albatroslari koʻpayish mavsumidan boshqa paytlarda Janubiy Atlantika va Janubiy Afrika suvlari boʻylab tarqaladi.
Tahdidlar
tahrirD. dabbenena albatroslari hozir xavf ostida hisoblanadi. Soʻnggi 36 yil ichida bu qushlarning populyatsiyasi Gough orolida 28% ga kamaydi va ular Inaccessible orolida deyarli butunlay yoʻq boʻlib ketishdi. Ilgari ularga introduksiya qilingan turlar, kalamushlar, mushuklar va toʻngʻizlar tahdid solgan, ammo hozir ushbu naslchilik orollari ulardan tozalangan. Biroq, ushbu orollarda sichqonlarning populyatsiyasining koʻpayishiga olib keldi, ular albatros joʻjalarini ommaviy ravishda yeb, nobut qiladilar[5]. Joʻjalar sichqonlarga qaraganda juda katta boʻlsa ham, ular oʻzlarini qanday himoya qilishni bilishmaydi. Bugungi kunda turlar uchun asosiy tahdid baliq ovlash va ushbu sichqonlar ekanligiga ishoniladi. Yoʻqolib ketishning yana bir sababi shundaki, agar ota-ona qushlardan biri vafot etgan taqdirda ikkinchisi joʻjalarini boqa olmaydi va ular nobut boʻlishadi.
Manbalar
tahrir- ↑ Бёме Р. Л., Флинт В. Е. Пятиязычный словарь названий животных. Птицы. Латинский, русский, английский, немецкий, французский / Под общ. ред. акад. В. Е. Соколова. — М.: Русский язык, РУССО, 1994. — С. 14. — 2030 экз. — ISBN 5-200-00643-0.
- ↑ Robertson, C. J. R. & Nunn, G. B. (1998)
- ↑ BirdLife International (2008a)
- ↑ Double, M. C. (2003)
- ↑ Wanless, R. M. et al., (7 June 2007)
Havolalar
tahrir- Tristan albatrosi,Diomedea dabbenena Mathews, 1929