Diplomatik martabalar
Diplomatik martabalar — Tashqi ishlar idorasi va chet elda joylashgan diplomatik vakolatxonalar diplomatik personaliga beriladigan xizmat martabalari.
Diplomatik martabalar Taleyran tashabbusi bilan 1815-yildagi Vena kongressida oʻrnatilgan boʻlib, 1818-yil 21-noyabrda Aaxen protokoli bilan qoʻshimchalar kiritilgan. Unda 4 ta martaba: favqulodda va muxtor elchi, favqulodda vakil va muxtor vazir, vazir-rezident, ishonchli vakil oʻrnatilgan. Elchilarga ular akkreditatsiya qilingan davlat boshligʻining shaxsiy qabulini talab qilish huquqiga ega boʻlgan vakili oʻz davlati rahbarining vakili sifatida qaralgan.
Har bir davlatda ushbu davlatning ichki qonunchiligi bilan belgilanadigan oʻz diplomatik martabalar tizimi mavjud. Koʻpchilik davlatlarda attashe, 3-kotib, 2-kotib, 1-kotib, maslahatchi, vakil va elchi nazarda tutiladi, shu bilan birga, diplomatlarning hizmat martabalari, qoida tariqasida ularning oʻxshash tarzda nomlanadigan lavozimlariga mos keladi. XXI asrda vazir-rezidentlar qariyb tayinlanmayapti. Diplomatik personalning koʻrsatilgan martabalarining chegaralanishi mavjud. Yuqoridagi diplomatik martabalarning tafovuti mavjud (masalan: 1-va 2-martabali maslahatchi). Elchi va vakil (asosiy martaba sifatida) xizmat unvonlari odatda davlat rahbari tomonidan, qolganlari esa tashqi ishlar idorasi rahbari tomonidan belgilanadi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi