Dispozitivlik
Dispozitivlik – fuqarolik sud ishlarini yuritishni maxsus prinsiplaridan biri hisoblanadi. Dispozitivlik prinsipi – bu oʻzini yoki boshqa shaxslarni buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari yoxud qonun bilan koʻriklanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik protsessini vujudga keltirish, harakatlantirish va tugatish bilan bogʻliq boʻlgan protsessual huquqlardan foydalanish erkinligi hisoblanadi. Dispozitivlik prinsipining mazmunini daʼvo qoʻzgʻatish, daʼvodan voz kechish, kelishuv bitimi tuzish, sud qarorlarining ustidan shikoyat (protest keltirish) berish, ijroni undirishni talab qilishni tashkil etadi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi