Diyor
Diyor – Oʻzbekistonning universal mazmundagi umummilliy telekanali. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibida tashkil etilgan. Telekanal 2013-yil 16-dekabrda efirga uzatishni boshlagan[1], 2017-yil 24-iyulda faoliyati tugatilgan. Diyor telekanalining bazasi va chastotasida 2017-yilning 24-iyulida Oʻzbekiston 24 telekanali faoliyat boshlagan[2].
Diyor | |
---|---|
Diyor telekanali | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Namoyish vaqti | tunu-kun |
Namoyish hududi | Oʻzbekiston |
Til(lar)i | asosan oʻzbekcha, shuningdek boshqa tillar |
Boshqaruv markazi | Toshkent, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasi, 69-uy |
Mazmuni | universal |
Efirga chiqqan | 2013-yil 16-dekabr |
Efirdan uzilgan | 2017-yil 24-iyul |
Efirdan uzilish sababi | oʻrniga Oʻzbekiston 24 telekanali ishga tushirilgan |
Tomoshabinlar | 30 milliondan koʻp |
Asoschisi | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi |
Egasi | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi |
Aloqador telekanallar | Oʻzbekiston MTRK kanallari |
Sayt | www.mtrk.uz |
Tavsifi
tahrirDiyor telekanali oʻz dasturlarini asosan oʻzbek tilida uzatgan, shuningdek, ayrim koʻrsatuvlar qoraqalpoq, rus va Oʻzbekistonda yashovchi boshqa millatlar tillarida efirga uzatilgan. Telekanal efirini asosan Oʻzbekiston MTRKga qarashli viloyatlar telekanallaridan saralab olingan dasturlar tashkil etgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „НТРК запустила телеканалы «Оилавий» и «Диёр»“. UzDaily. Qaraldi: 16/12/2013.
- ↑ „Узбекистан внедряет международную сетку телевещания“. Anhor.uz. Qaraldi: 25 мая 2017.