Dmitriy Sergeyevich Aliyev (ruscha: Дмитрий Сергеевич Алиев; 1999-yil 1-iyunda tugʻilgan) — rossiyalik figurali uchuvchi. 2020-yilgi Yevropa chempioni va 2020-yilgi Rossiya milliy chempioni, 2017-yilgi Oʻsmirlar darajasidagi Jahon chempionatining kumush medali sovrindori, 2016—2017-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali chempioni, 2016-yilgi oʻsmirlar Olimpiadasining ikki karra sovrindori va ikki karra (2016, 2017) oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya milliy chempioni.

Dmitriy Aliyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Dmitriy Aliyev
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Boʻyi 174 sm
Oldingi murabbiylari Lidiya Rodionova, Vyacheslav Maksimov
Xoreografi Olga Glinka
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 272.89
Qisqa dastur 101.49
Erkin dastur 184.44

Faoliyati tahrir

Aliyev 2014—2015-yilgi mavsumda Oʻsmirlar darajasidagi Gran-pri seriyasida debyut qilgan.

Lyublyana, Sloveniya va Yaponiyaning Aichi shaharlarida boʻlib oʻtgan musobaqalarda bronza medallari bilan taqdirlangan Aliyev oʻsmirlar darajasidagi Gran-pri finalida uchinchi oʻrinni egalladi. Oʻzining katta xalqaro debyutini amalga oshirib, 2014-yilda ISU Challenger seriyasi boʻlgan „Golden Spin of Zagreb“ musobaqasida oʻninchi oʻrinni egalladi. Oʻsmirlar safiga qaytgan Aliyev 2015-yilgi Rossiya oʻsmirlar chempionati va 2015-yilgi Yevropa yoshlar olimpiya qishki festivalida bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

Kattalar toifasida musobqada qatnashgan Aliyev 2015-yilgi Xalqaro Nice kubogida bronza, 2015-yilda CS Tallinn Trophy musobaqasida kumush medal bilan taqdirlangan. Dekabr oyida Barselonada boʻlib oʻtgan 2015—2016-yilgi Oʻsmirlar darajasidagi Gran-pri finalida amerikalik Nathan Chendan keyin ikkinchi oʻrinni egallab, kumush medalni qoʻlga kiritdi. Oʻsha oyning oxirida Aliyev 2016-yilda Yekaterinburgda boʻlib oʻtgan Rossiya chempionatida oltinchi oʻrinni egalladi, yanvar oyida Chelyabinskda oʻtkazillgan oʻsmirlar oʻrtasidagi birinchi milliy chempionlikni qoʻlga kiritdi.

Aliyev 2021-yilgi CS Finlandia Trophy musobaqasida qatnashib, bronza medalini qoʻlga kiritdi. Keyingi haftada u 2021-yilgi Budapesht Trophy musobaqasida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritdi. Uning Gran-pridagi birinchi topshirigʻi dastlab 2021-yilgi Xitoy kubogi musobqasida ishtirok etish edi, biroq musobqa bekor qilinganidan soʻng Aliyev 2021-yilgi Turinda boʻlib oʻtgan Gran Premio d’Italia turniriga tayinlandi. U musobaqada toʻqqizinchi oʻrinni egalladi. Dmitriy Aliyev 2021 Internationaux de France musobaqasida qatnashib beshinchi oʻrinni egalladi.

Aliyev 2022-yilgi Rossiya chempionatida toʻqqizinchi oʻrinni egalladi.

Dasturlar tahrir

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2021 - 2022
2020 - 2021
2019 - 2020[1][2][3]
2018 - 2019
2016 - 2017

2015 - 2016
2014 - 2015
  • Cowboy

Manbalar tahrir

  1. „Russia’s Dmitri Aliev refreshed heading into new season“ (inglizcha). Golden Skate (30-iyul 2019-yil). Qaraldi: 31-iyul 2019-yil.
  2. Дмитрий Алиев. Показательные выступления. Skate America. Гран-при по фигурному катанию 2019/20 (inglizcha), qaraldi: 2020-01-21
  3. Дмитрий Алиев. Показательные выступления. Чемпионат России по фигурному катанию 2020 (inglizcha), qaraldi: 2020-01-21