Dmitriy Aleksandrovich Kim (1918-yil 2-fevral, Quyi Yanchik, Nikolsk-Ussuriyskiy uezdi, Primorsk viloyati, – 1985-yil 18-noyabr) – Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi Sverdlov nomidagi kolxoz raisi[1]. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951).

Dmitriy Aleksandrovich Kim
Tavalludi 2-fevral 1918-yil
Nikolsk-Ussuriyskiy uezdi, Primorsk viloyati, RSFSR 
Vafoti 18-noyabr 1985-yil(1985-11-18)
(67 yoshda)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Taʼlimi Blagoveshchensk moliya-iqtisodiyot texnikumi
Kasbi kolxoz raisi
Mukofotlari

Tarjimai holi

tahrir

1918-yilda Nikolsk-Ussuriyskiy uezdi Quyi Yanchik qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. Millati koreys[1]. 1934-yilda oʻzining qishlogʻidagi yetti yillik maktabni tugatgan. Posyetovskiy tumani Kraskino qishlogʻida Rossiya Qizil Xoch boʻlimi kotibi, keyin esa shu tumanning OSOVIAXIM tuman kengashi kotibi boʻlib ishlagan. 1936-yilda Tomsk un tegirmon ishchilari fakultetiga oʻqishga kirdi. 1937-yil may oyidan Blagoveshchensk moliya-iqtisodiyot texnikumida talaba boʻlgan, shundan soʻng u 1937-yil iyuldan sentyabrgacha Kraskino qishlogʻidagi Posyetovskiy tuman moliya boʻlimida hisobchi bo'lib ishlagan.

1937-yilda Toshkent viloyatidagi maxsus aholi punktiga deportatsiya qilinadi[1]. Yangiyoʻldagi Mudofaa, aviatsiya va kimyo muhandisligini targʻib qilish jamiyati (OSOVIAXIM) zavodida ishlagan (1937—1938). 1938-yildan — oddiy kolxozchi, buxgalter, hisobchi, Yuqori Chirchiq tumani Sverdlov nomidagi kolxoz raisining oʻrinbosari. 1945-yilda shu kolxozga rais etib saylandi.

U Sverdlov nomidagi kolxozni Toshkent viloyatidagi kolxozlari orasida oldingi qatorga olib chiqdi. 1950-yilda kolxoz 295 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 79,8 sentnerdan yashil kanop hosilini oldi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 22-maydagi farmoni bilan Lenin ordeni va O‘roq va Bolg‘a oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan[2].

Uning rahbarligida Sverdlov kolxozi SSSRdagi birinchi millioner koreys kolxoziga aylandi. 21 kolxozchi Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor boʻldi. 1971-yil pensiyaga chiqqunga qadar kolxozga rahbarlik qildi.

Ittifoq ahamiyatiga ega nafaqaxoʻr. 1985-yil noyabr oyida vafot etdi. Sobiq Sverdlov nomidagi kolxoz (hozirgi Ahmad Yasaviy nomidagi fermer xoʻjaligi, Yuqori Chirchiq tumani) qabristoniga dafn etilgan[2].

Olgan mukofotlari

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • Shin D. V., Sovetskie koreysi Geroi Sotsialisticheskogo truda, Almati: Service Press, 2019
  • Z. V., Pan N. G. Geroi Sotsialisticheskogo Truda – kazaxstansi, Alma-Ata, 1969—1985, tt. 1-5
  • Men D. V., Kvon L. A., Kim, Sovetskie koreysi Kazaxstana, Almati, 1992
  • Kim P. G., Koreysi Respubliki Uzbekistan, Tashkent: Uzbekiston. 1993
  • Kan G. V., Istoriya koreysev Kazaxstana, Almati: Gilim, 1995
  • Kim G. N., Men D. V., Istoriya i kultura koreysev Kazaxstana, Almati: Gilim, 1995
  • Kim B. I., Koreysi Uzbekistana. Kto est kto, Tashkent, 1999

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „Ким Дмитрий Александрович“ (ru). warheroes.ru. Qaraldi: 21-noyabr 2023-yil.
  2. 2,0 2,1 Шин Д. В.. Советские корейцы Герои Социалистического труда. Olmaota: Service Press, 2019. 

Havolalar

tahrir