Dmitriy Aleksandrovich Koshenko (1977-yil 21-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – rus siyosatchisi va davlat arbobi. 2021-yil 4-dekabrdan Nijnevartovsk boshligʻi.

Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 21-may 1977-yil
Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Siyosiy partiyasi Yedinaya Rossiya

Biografiyasi

tahrir

Dmitriy Aleksandrovich Koshenko 1977-yil 21-mayda Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida tavallud topgan. 2000-yilda Tyumen davlat universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan[1].

Mehnat faoliyati

Koshenko 2000-yildan beri avval Nyaganda, keyin Langepas va Nijnevartovskda soliq xizmatida ishlay boshladi. Dmitriy 2005-yilda Xanti-mansiyskning avtonom Yugra okrugida (Langepas) 5-sonli Federal soliq xizmati tumanlararo inspektsiyasi boshligʻi etib tayinlandi. 2010-yildan esa Xanti-mansiysk avtonom Yugra okrugida (Nijnevartovsk) 6-sonli Federal soliq xizmati tumanlararo inspeksiyasini boshqardi. 2016-yil dekabr oyida Nijnevartovskda rahbar oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. 2018-yil may oyida shahar hokimining iqtisodiyot va moliya boʻyicha rahbar oʻrinbosari lavozimiga oʻtkazildi. Dmitriy 2021-yil 26-maydan 2021-yil 3-dekabrgacha Nijnevartovsk meri lavozimida ishlagan. 2021-yil 4-dekabrda Nijnevartovsk shahrining toʻla huquqli rahbari boʻldi.

Dmitriy Koshenko oilali. Uning farzandlari bor-yoʻqligi nomaʼlum[2].

Darajasi

tahrir

Dmitriy „1-darajali shahar maslahatchisi“ unvoniga sazovor boʻlgan[3].

Mukofotlari

tahrir

Koshenko „Rossiya Federal Soliq xizmati aʼlochi talabasi“ hamda „Rossiya Federal soliq xizmatining faxriy xodimi“[4] mukofotlari bilan taqdirlangan.

Manbalar

tahrir