Dmitriy Vasilyevich Nalivkin [1889.13(25).8, Peterburg, - 1982.3.3, Sankt-Peterburg] — rus geologi va paleontologi, akademik (1946), Turkmaniston Fanlar akademiyasi faxriy aʼzosi (1951), Mehnat Qahramoni (1963). Ilmiy ishlari stratigrafiya, paleontologiya, paleozoy paleogeografiyasi, regional geol., Ural, Oʻrta Osiyo, Sharkiy Yevropa platformasi foydali qazilmalarini izlab topishga bagʻishlangan. Dmitriy Nalivkin — fatsiyalar haqidagi taʼlimotga asos soluvchilardan biri. Geologik xaritalar tuzishda qatnashgan.

Manbalar

tahrir
  • Ocherki geologii Turkestana, M.. 1926; Ucheniye o fatsiyax, 3 izd., t. 1—2, M.— L., 1955—56; Braxiopodi verxnego i srednego devona Turkestana, M. — L., 1930; Uragani, buri i smerchi, L., 1969.