Dmitriy Nikolayevich Uznadze [1886.20.12(1887.1.1), Gruziyaning Zestafon tumani Sakar qishlogʻi — 1950.12.10, Tbilisi] — gruzin psixologi va faylasufi. Gruziya Fanlar akademiyasi akademik (1941). Leypsig (1909) va Xarkov (1913) untlarini tugatgan. 1915-yil Gruziyada gruzin tilida oʻqitiladigan xotinqizlar oʻrta maktabini tashkil qilgan. Tbilisi universitetining asoschilaridan (1918) biri. Uning tashabbusi bilan bu untda psixologiya boʻlimi, kafedrasi va eksperimental psixologiya lab.si ochilgan. Gruziya Fanlar akademiyasi psixologiya institutiga asos solingan vaqtdan boshlab uning direktori boʻlgan (1950-yildan U. nomida). Utafakkur, nutq, idrok, faoliyat psixologiyasiga oid bir necha asarlar yozgan. Psixologiyada ustanovkaning original nazariyasi, shuningdek, psixologiya fanining turli sohalari boʻyicha darsliklar muallifi.