Bosh menuni ochish

Doktor Dumchevning kashfiyotlari

rus yozuvchisi Vladimir Bragin qalamiga mansub ertak-roman

„Doktor Dumchevning kashfiyotlari“ (ruscha: В стране дремучих трав) — rus yozuvchisi Vladimir Bragin qalamiga mansub ertak-roman. Ilk bor 1948-yil Moskva shahrida „Detgiz“ nashriyoti tomonidan chop etilgan.[1] Bu asar muallifning eng mashhur kitobidir. Asarni oʻzbek tiliga Haydar Ibrohimov tarjima qilgan.

Doktor Dumchevning kashfiyotlari
В стране дремучих трав
Muallif Vladimir Bragin
Janr ertak-roman
ilmiy fantastika
Til rus
Nashr qilingan yil 1948
Tarjimon Haydar Ibrohimov
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Nashr etilgan 1977
Sahifalar soni 304

Romanda asar qahramoni Sergey Dumchev chumolidek kichrayib qoladi va hashorotlar dunyosiga tushib qoladi. U yerda Dumchev qirq yil yashab, soʻngra Chensk shahriga qaytadi. Asarga ertak-roman deya tavsif berilgan boʻlsa-da, undagi hodisalar ertak emas, balki ilmiy fantastika janridadir.

Oʻzbekcha tarjimaTahrirlash

„Doktor Dumchevning kashfiyotlari“ni oʻzbek tiliga qayta ishlangan va toʻldirilgan, 1959-yil chop etilgan 2-nashridan Haydar Ibrohimov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1977-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Oʻzbekcha nashr oxirida akademik O. I. Oparinning roman haqidagi maqolasi keltirilgan. Oʻzbek tilidagi nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: S. Yunusov – muharrir, T. Gamidov – rassom, Q. Aliyev – rasmlar muharriri, L. Burkina – texnik muharrir, Sh. Shoumarova – musahhih. Kitob adadi – 30 000 nusxa.

ManbalarTahrirlash

  1. Quyuq oʻtlar mamlakatida. Rossiya davlat kutubxonasi (ruscha). 10.10.2016.

HavolalarTahrirlash