Domino effekti

qandaydir omil ta'sirida ma'lum bir hodisaning zanjir (zanjir reaksiyasi) tizimida bajarilishi

Domino effekti yoki zanjir reaksiyasi – bir hodisa oʻziga oʻxshash hodisalar bilan birgalikda butun zanjir hosil qiliuvchi yigʻma effekt[1]. Ushbu atama eng yaxshi mexanik taʼsir sifatida tanilgan hamda domino toshlarining bir-biriga ulab yiqilishiga oʻxshashlik sifatida qoʻllanadi. Bu odatda ketma-ket hodisalar orasidagi vaqt nisbatan kichik boʻlgan voqealar ketma-ketligini anglatadi. U soʻzma-soʻz (kuzatilgan haqiqiy toʻqnashuvlar seriyasi) yoki metafora (global moliya yoki siyosat kabi tizimlar ichidagi sabab-oqibat aloqalari) ishlatilishi ham mumkin. Domino effekti atamasidan, shuningdek, hodisaning muqarrar yoki yuqori ehtimoli borligini bildirish uchun ham (allaqachon sodir boʻlgani sababli) va aksincha, hodisaning imkonsiz yoki juda dargumon (bitta domino) ekanligini bildirish uchun foydalaniladi.

(Yuqorida) Dominolar turibdi. (Pastda) Dominolar harakatda.
Domino shou

Effektning namoyon boʻlishi

tahrir

Domino effektini har biri kichik masofa bilan ajratilgan bir qator domino toshlarini tik qoʻyish orqali osongina tasavvur qilish mumkin. Birinchi domino harakatga kelgandan soʻng, navbatdagi dominoni agʻdaradi. Ushbu ketma-ketlik orqali chiziqli zanjir paydo boʻladi. Bunda har bir dominoning tushishi darhol oldingi dominoga taʼsir qiladi. Taʼsir zanjir uzunligidan qatʼiy nazar doimo bir xil natijaga ega boʻladi. Ushbu zanjir reaksiyasida foydalaniladigan energiya dominolarning meta-barqaror holatda boʻlgani sababli potentsial energiya hisoblanadi. Dastlabki domino agʻdarilganda, yiqilish orqali uzatiladigan energiya keyingi dominoni agʻdarish uchun zarur boʻlgan energiyadan kattaroq boʻladi[2]. Domino effekti Rube Goldberg mashinalarida qoʻllanadi.

Mediada

tahrir

Domino kuni – domino toshlarining eng koʻp qulashi boʻyicha jahon rekordi.

Yana qarang

tahrir

Bogʻliq atamalar

tahrir

Tegishli fizik nazariyalar

tahrir

Matematik nazariyalar

tahrir

Siyosiy

tahrir

Ijtimoiy

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „domino effect“. The Free Dictionary. Farlex, Inc.. Qaraldi: 2014-yil 29-sentyabr.
  2. Stronge, W. J.. Impact Mechanics. Cambridge University Press, 2004. ISBN ISBN 0-521-60289-0.