Doniyor Saliyev
Doniyor Saliyev – uzunlikka sakrash boʻyicha oʻzbekistonlik koʻzi ojiz paralimpiya sportchisi. T12 toifasidagi musobaqalarda qatnashib keladi. Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining ikki karra bronza medali sovrindori. Paraatletika boʻyicha Jahon chempionatida T12 uzunlikka sakrash boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi musobaqalarda ikki karra oltin medal sohibi[1].
Doniyor Saliyev | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavallud sanasi | 4-iyul 1994-yil |
Sport | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qaysi sport | Para-atletika |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Paralimpiada oʻyinlari | ||
Bronza | Rio 2016 | uzunlikka sakrash T12 |
Bronza | Rio 2016 | 4 × 100 m estafeta T11–13 |
Kumush | Parij 2024 | uzunlikka sakrash T12 |
Jahon chempionati | ||
Bronza | Guanjou 2010 | Uzunlikka sakrash F13 |
Oltin | London 2017 | Uzunlikka sakrash T12 |
Oltin | Dubay 2019 | Uzunlikka sakrash T12 |
Kumush | Lion 2013 | Uch hatlab sakrash T12 |
Islom birdamlik oʻyinlari | ||
Oltin | Boku 2017 | Uzunlikka sakrash T12 |
Para-Osiyo oʻyinlari | ||
Oltin | Jakarta 2018 | Uzunlikka sakrash T12 |
Oltin | Xanjou 2022 | Uzunlikka sakrash T12 |
Faoliyati
tahrir2010-yilda Xitoyning Guanchjou shahrida boʻlib oʻtgan Para-Osiyo oʻyinlarida Saliyev uzunlikka sakrash boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi musobaqada bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2012-yili Buyuk Britaniyaning London shahrida boʻlib oʻtgan va 2016-yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtgan yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan. 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida uzunlikka sakrash boʻyicha erkaklar oʻrtasida bronza medalini va 4×100 metrga T11–13 tiofasidagi estafeta bahslarida bronza medalini qoʻlga kiritdi[2]. Saliyev 2016-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida bayroqdor ham boʻlgan[3].
2017-yili Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida oʻtkazilgan Islom birdamlik oʻyinlarida T12 – uzunlikka sakrash boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2019-yilda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida para-atletika boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatida T12 – uzunlikka sakrash boʻyicha erkaklar oʻrtasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2020-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini himoya qildi[4][5]. T12 – uzunlikka sakrash bahslarida qatnashdi[6].
Mukofotlari
tahrir- „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni (2024-yil)[7]
Manbalar
tahrir- ↑ „Doniyor Saliev“. paralympic.org. Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi. 2019-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-dekabr.
- ↑ „Doniyor Saliev“. paralympic.org. Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi. 2019-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-dekabr.
- ↑ „Full list of flag bearers for opening ceremony of Rio 2016 Paralympic Games“. Rio 2016. 2016-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „2019 World Para Athletics Championships - Results - Men's Long Jump T12 Final“ (pdf). IPC (2019-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 7-noyabr.
- ↑ „Men's long jump T12“. 2019 World Para Athletics Championships. 2020-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-avgust.
- ↑ „Athletics Results Book“. 2020 Summer Paralympics. 2021-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-yanvar.
- ↑ „Париж шаҳрида бўлиб ўтган ХVII ёзги Паралимпия ўйинларида юксак натижаларга эришган спортчи ва мураббийлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони“. president.uz. Qaraldi: 12-sentabr 2024-yil.
Havolalar
tahrirDoniyor Saliyev Instagram sahifasi