Doniyor Toshtemirov

oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

Doniyor Eshboyevich Toshtemirov (1973-yil 12-mart, Baxmal tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari nomzodi (2012), dotsent (2016).

Doniyor Eshboyevich Toshtemirov
Tavalludi 12-mart 1973-yil (1973-03-12) (51 yosh)
Baxmal tumani, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi fizika va informatika oʻqituvchisi
Sohasi pedagogika
Taʼlimi Guliston davlat universiteti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni dotsent

Biografiyasi tahrir

Doniyor Toshtemirov 1973-yil 12-mart Jizzax viloyati, Baxmal tumanida tugʻilgan[1]. 1996-yilda Guliston davlat universitetini fizika va informatika oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 2000—2004-yillarda Guliston davlat universiteti axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi, 2004—2020-yillarda Guliston davlat universiteti fizika-matematika fakulteti katta oʻqituvchisi, dotsent, kafedra mudiri, fakultet dekani lavozimida ishlagan. 2020-yildan Guliston davlat universiteti „Pedagogika“ kafedrasi mudiri[1].

Ilmiy faoliyati tahrir

Doniyor Toshtemirov 1996—1999-yillarda Guliston davlat universiteti aspiranturasida tahsil olgan. 2012-yilda „Kasb-hunar kollejlarida informatikani oʻqitish uchun taʼlim portali yaratish va undan foydalanish metodikasi“ mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan va 2016-yilda taʼlim-tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha dotsent ilmiy unvoni berilgan. 200 dan ziyod ilmiy ishlar, shu jumladan 2 ta monografiya, 1 ta darslik, 3 ta oʻquv qoʻllanma, 30 dan ortiq uslubiy qoʻllanmalar muallifi[1].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342 bet. 

Andoza:OʻTOE