Dono (Danisiya) Dayanovna Boboxonova (1946-yil 20-noyabr, Uygʻur tumani, Olmaota viloyati, Qozogʻiston SSR, SSSR) – oʻzbek va sovet teatr va kino aktrisasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1996). Abror Hidoyatov nomidagi oʻzbek davlat drama teatrining yetakchi aktyorlaridan biri.

Dono Boboxonova
Danisiya Dayanovna Boboxonova
Tavalludi 20-noyabr 1946-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi aktrisa
Faoliyat yillari 1968-yildan
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

Danisiya Dayanovna Boboxonova 1946-yil 20-noyabrda Qozogʻiston SSRda tugʻilgan[2]. 1970-yil A. N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr-rassomlik institutining (hozirda Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat instituti) musiqali teatr aktyorligi boʻlimini tamomlagan. Aktyorlik faoliyatini 1968-yilda „Yosh gvardiya“ teatrida (hozirda Abror Hidoyatov nomidagi oʻzbek davlat drama teatrida) boshlagan[3]. 1996-yili „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan[4].

Manbalar tahrir