Dono Boboyeva
Dono Razzoqovna Boboyeva (1968-yil 10-yanvar, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dono Razzoqovna Boboyeva | |
---|---|
Tavalludi |
10-yanvar 1968-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | pedagog |
Sohasi | pedagogika |
Taʼlimi | Toshkent davlat pedagogika instituti |
Ilmiy darajasi | pedagogika fanlari nomzodi |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirDono Boboyeva 1968-yil 10-yanvar Toshkent shahrida tugʻilgan[1]. 1992-yilda Toshkent davlat pedagogika institutini tugatgan. 1985—1986-yillarda Toshkent shahridagi 528-bolalar bogʻchasida tarbiyachi yordamchisi, 1987—1996-yillarda Toshkent shahridagi 528-bolalar bogʻchasi tarbiyachisi, 1997—1999-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti aspiranti, 2000—2001-yillarda universitetning „Maktabgacha va oila taʼlimi“ kafedrasi oʻqituvchisi, 2001—2002-yillarda „Umumiy pedagogika“ kafedrasi oʻqituvchisi, 2002—2012-yillarda „Umumiy pedagogika“ kafedrasi dotsenti, 2012—2018-yillarda „Maktabgacha taʼlim“ kafedrasi dotsenti, 2018—2019-yillarda „Maktabgacha taʼlim metodikasi“ kafedrasi professor vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat koʻrsatgan. 2020-yildan „Maktabgacha taʼlim metodikasi“ kafedrasi professori[1].
Ilmiy faoliyati
tahrir2001-yilda „Tevarak-atrofni oʻrganishda maktabgacha katta yoshdagi bolalarning bogʻlanishli nutqini rivojlantirish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2005-yil dotsent, 2020-yilda professor ilmiy unvoni berilgan. 1 ta monografiya, 6 ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta darslik , 1 ta elektron darslik, 126 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi[1].