Dora Alonso
Dora Alonso — toʻliq ismi ismi Doralina de la Caridad Alonso-Perez (1910-yil 22-dekabr, Maksimo Gomes, Matansas, Kuba - 2001-yil 21-mart, Kuba) kubalik yozuvchi, jamoat arbobi va jurnalist bo‘lib, u ham matbuotda, ham radioda faoliyat yuritgan. U romanlar, hikoyalar, she’rlar, teatr asarlari va bolalar uchun asarlar yaratgan. Shuningdek, Dora Alonso radio va televidenie uchun ssenariylar yozgan hamda harbiy muxbir sifatida ham ishlagan.
Dora Alonso | |
---|---|
Tavalludi |
Doralina de la Caridad Alonso-Perez 1910-yil 22-dekabr |
Vafoti |
2001-yil 21-mart Kuba |
Ijod qilgan tillari | Ispan tili |
Fuqaroligi | Kuba |
Biografiyasi
tahrirDora Alonso 1910-yil 22-dekabrda Maksimo Gomesda Adela Peres de Korcho Rodriges va David Alonso Fernandesning oilasida dunyoga kelgan. Uning "Amor" (Muhabbat) nomli ilk she’ri "El Mundo" gazetasida e’lon qilingan. 1933-yilda u "Prensa Libre" (Ozod matbuot) gazetasining muxbiri bo‘lgan. 1934-yilda chap antiimperialistik tashkilot "Yosh Kuba" (Joven Cuba)ga a’zo bo‘lib, Konstantino Barredo Gerra bilan tanishgan va u bilan 1938-yilgacha munosabatda bo‘lgan. Shu davrda u o‘zining dastlabki radio ssenariylarini ham yozgan. 1959-yildagi Kuba inqilobi g‘alabasigacha bo‘lgan davrda davriy matbuotda irqiy kamsitish va ijtimoiy zulmga qarshi maqolalar va badiiy hikoyalar bilan chiqqan. 1936-yilda uning ijtimoiy mavzudagi ilk hikoyalaridan biri "Bohemia" jurnali adabiy tanlovida birinchi o‘rinni egallagan[1]. 1942-yilda Alonso elektr stansiyalari ishchilari kasaba uyushmasi federatsiyasi tomonidan nashr etilayotgan "Lux" jurnali uchun yoza boshlagan. U yerda uning bir nechta jamoat va siyosiy arboblar bilan dastlabki suhbatlari chop etilgan, jumladan: Ti Tsun Li (Xitoyning Kubadagi elchisi) va Chili shoiri Pablo Neruda bilan. Uning birinchi romani kostumbrizm an’analarida yozilgan. U shuningdek, Dunyo Ozodligi uchun Kuba Ittifoqidan (Alianza Cubana por un Mundo Libre) mukofotga sazovor bo‘lgan. Alonso mashhur bolalar yozuvchisi bo‘lib, u asarlari eng ko‘p tarjima qilingan va nashr etilgan kubalik bolalar yozuvchisidur: uning asarlari boshqa mamlakatlarda ham tarjima qilinib, tarqatilgan. Uning hikoya uslubi soddalik va hissiyotlarni yetkazishga asoslangan. 1950-yillarda u Kubaning "Pelusín del Monte" qo‘g‘irchoq televizion ko‘rsatuvi uchun ssenariylar yozgan. Uning asarlarining muhim mavzusi o‘zining insoniy qadriyatlari va tabiatga bo‘lgan muhabbatini namoyon etuvchi kuba dehqonidir. Alonsoga keng shuhrat keltirgan "Bezzashitnaya zemlya" (1961, rus tiliga 1963-yilda tarjima qilingan) romani inqilobgacha bo‘lgan kuba dehqonlarining og‘ir hayoti haqida hikoya qiladi[2]. U Amerika uyi II Ispan-Amerika adabiyot tanlovida eng yuqori e’tirofga sazovor bo‘lgan. Uning radio uchun yozgan ikki ssenariysi - "Tierra Brava" va "Soy el Batey" - Kuba radio va televideniye instituti (ICRT) tomonidan ekranlashtirilib, filmga olingan. Alonso 2001-yil 21-martda 90 yoshida vafot etgan[1].
Asarlari
tahrir- Tierra Inerme
- The Year 1961
- Tierra Brava
- Soy el Batey
- Aventuras de Guille
- Palomar
- El grillo caminante
- El caballito enano
- La flauta de chocolate
- Teatro para niños
- Tres lechuzas en un cuento
- El cochero azul
- El valle de la Pájara Pinta
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „DORA ALONSO: Su obra“ (deadlink). 2017-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-sentyabr.
- ↑ Dora Alonso. Literature. La Peña. SoyCubano (Wayback Machine saytida 2007-06-10 sanasida arxivlangan) Andoza:Архивировано