Dorussalom masjidi
Dorussalom masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1]. Dorussalom masjidi nomi bilan nomlanadigan masjid Toshkent shari, Shayxontoxur tumani, hamda, Fargʻona viloyatida ham mavjud.
Masjid | |
Dorussalom jome masjidi
Dorussalom | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Zangiota |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Qosimboy domla Vohidov |
Gumbazlar soni | 5 |
Gumbazlar soni | 5 |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Joylashuvi va faoliyati
tahrirDorussalom jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Boʻz-su qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan mahallada joylashgan boʻlib, tumanda mavjud boʻlgan eski masjidlardan biri hisoblanadi[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Qosimboy domla Vohidov hisoblanadi. Jome masjidga namoz oʻqish va ziyorat qilish uchun Boʻz-su qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan barcha koʻcha va aholi yashash punktlari aholisi, shuningdek, Quyoshli mahalla fuqarolar yigʻini, hamda, qoʻshni boʻlgan hududlardan, Damashi mahalla fuqarolar yigʻini, Mirzo Ulugʻbek mahalla fuqarolar yigʻini, Usmon ota koʻchasi, Adabiyot koʻchasi, Xaskovo mahalla fuqarolar yigʻini, Nurafshon mahalla fuqarolar yigʻini, Mevazor mahalla fuqarolar yigʻini, Nayman mahalla fuqarolar yigʻini, Gʻisht zavod koʻchasi, Mustaqillik koʻchasi, Abay mahalla fuqarolar yigʻini, Olmazor koʻchasi, Katta jar koʻchasida istiqomat qiluvchi aholilar namoz ibodatini ado etish maqsadida tashrif buyurishadi. Masjidda namozxonlar uchun barcha qulayliklarga ega boʻlgan tahoratxona, bosh imom-xatib xona, fuqarolarni qabul qilish xonalari mavjud.
Tarixi
tahrirDorussalom jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 1993-yil 22-fevral kunida roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan.
Manbalar
tahrir- ↑ „ДОРУССАЛОМ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.
- ↑ „"ДОРУС САЛОМ" ЖОМЕЪ МАСЖИДИ“. allcompanies.by. 2023-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.