Dr. No
Dr. No — ingliz yozuvchisi Ian Fleming tomonidan yozilgan, Britaniya maxfiy xizmati agenti James Bond tasvirlangan oltinchi roman. Fleming ushbu asarni 1957-yilning boshida Yamaykadagi Goldeneye nomli villasida yozib tugatgan. Ilk marotaba 1958-yil 31-mart sanasida Buyuk Britaniyada Jonathan Cape tomonidan nashr etilgan. Romanda agent Bond va Yamaykada MI6 qoʻl ostidagi ikki xodimning gʻoyib boʻlishi bilan bogʻliq tergov jarayoni tasvirlangan. Voqealar rivoji davomida Agent James Bond Karib dengizida joylashgan xayoliy Crab Key orolidagi guano konining egasi Doktor No ismli xitoylikni har tomonlama oʻrganib chiqishga qaror qiladi. Bond orolga sayohat qiladi va Honeychile Rider bilan, keyinroq esa Doktor No bilan uchrashadi[1].
Birinchi nashr muqovasi | |
Muallif(lar) | Ian Fleming |
---|---|
Muharrir(lar) | Jonathan Cape |
Muqova artist(lar)i | Pat Marriott |
Mamlakat | Buyuk Britaniya |
Til | inglizcha |
Qismlar | James Bond |
Janr(lar)i | detektiv |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 31-mart 1958-yil |
Asar 1956-yilda prodyuser Henry Morgenthau III buyurtmasiga asosan „Commander Jamaica“ nomli telekoʻrsatuv uchun ssenariy sifatida boshlangan. Roman gʻoyalari bir joyga toʻplanguncha Fleming baʼzi qismlarni toʻplagan hamda vaqtinchalik muddatga The Wound Man deb nomlangan roman uchun asos qilib olgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Amis, Kingsley. The James Bond Dossier. London: Pan Books, 1966. OCLC 154139618.
- ↑ Chapman, James. Licence to Thrill: A Cultural History of the James Bond Films. New York: I.B. Tauris, 2009. ISBN 978-1-84511-515-9.
Havolalar
tahrir- Ian Fleming.com / Ian Fleming nashrlari jamlangan vebsayt