Dualistik monarxiya — konstitutsiyaviy monarxiyaning ikki turidan biri hisoblanadi(parlamentar monarxiya bilan bir qatorda). Mutlaq monarxiyadan parlamentar monarxiyaga oʻtishning tarixiy shakli hisoblanib, Dualistik monarxiyada monarx hokimiyati Konstitutsiya bilan cheklab quyiladi, ammo monarx ham rasman (Konstitutsiya normalariga asosan), ham amalda (demokratik institutlarning zaifligi tufayli) keng hokimiyat vakolatlarini saqlab qoladi hamda mazkur davlat siyosiy tizimining markazida turadi. Dualistik monarxiya sharoitida hukumat rasman monarx va parlament oldida javobgar boʻladi, lekin amalda, qoida tariqasida, faqat monarxga boʻysunishi orqali ajralib turadi. Hozirda Dualistik monarxiyaning zamonaviy, yaʼni oʻzgargan shakli Marokash , Iordaniya , Tailand , Nepal va Malayziyada saqlanib qolgan. Chunki hozirgi vaqtda bunday boshqaruvning oʻtmishdagi anʼanaviy shakli oʻz umrini yashab boʻlgan. Yana qarang: Monarxiya.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi