Dudlangan ilon baliq — koʻndalang shaklida kesib qaynoq dudlangan baliq mahsuloti[1]. Shimoliy Germaniyada bu taom smortal (ger nemischa: Smoortaal ) deyiladi, ilon baliqdan tayyorlangan shoʻrva bilan bir qatorda mashhur mintaqaviy gastronomik taom sanaladi. Shimoliy Germaniyadagi Tsvischenan koʻli va Shtaynxud dengizlaridan tutib olingan dudlangan ilon baligʻini pishirish anʼanasi kamida toʻqqiz asrlik tarixga ega. Hozirgi vaqtda Oldenburgning gʻarbiy qismida joylashgan Quyi Sakson Ammerlandda dudlangan ilon baligʻini tayyorlashga ixtisoslashgan bir nechta dudxonalar ishga tushirilgan. Gollandiyada ham bunday taom anʼanaviy hisoblanadi. Xususan Harderweyk shahridagi Esselmer koʻli atrofi „ilon baligʻi poytaxti“ nomiga ega[2].

Dudlangan ilon baliq

Ammerlanddagi sayyohlarga bu turdagi mahsulotni baliq bulochkalarida taklif qilishadi[3]. Anʼanaga koʻra, dudlangan ilon baligʻi qoʻlda, qora non va sariyogʻ, bugʻdoy arogʻi-korn yoki pivo bilan isteʼmol qilinadi. Dastlab terisi shilib olinadi va qiltanoqlaridan tozalanadi[4]. Ovqatdan keyin qoʻllarda noxush hid qolmasligi uchun oʻsha korn bilan yuvib tashlanadi[5]. Restoranlarda dudlangan ilon baligʻi tozalanib, boʻlaklarga boʻlingan holda petrushka, limon boʻlaklari, maydalangan Madeyra jelesi, sariyog va oq nonning qovurilgan boʻlaklari bilan bezatilib dasturxonga tortiladi[6].

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • Erhard Gorys. Räucheraal // Das neue Küchenlexikon. Von Aachener Printen bis Zwischenrippenstück. — München: Deutscher Taschenbuch Verlag, 1997. — S. 424. — 599 S. — ISBN 3-423-36008-9.
  • Charles Sinclair. smoked eel // Dictionary of Food: International Food and Cooking Terms from A to Z. — Second Edition. — London: A & C Black, 2004. — P. 536. — 632 p. — ISBN 978-1-4081-0218-3.