Dune (roman)
Dune (oʻzbekcha: Dyuna) – amerikalik yozuvchi Frank Herbertning 1965-yilda nashr etilgan ilmiy-fantastika va drama uslubida yozilgan romani. Kitob Roger Zelaznyning This immortal nomli asari bilan birgalikda eng yaxshi roman uchun beriladigan Hugo mukofotiga loyiq koʻrilgan. 1966-yilda esa Nebula mukofotini qoʻlga kiritgan. Dune – dunyodagi eng koʻp sotilgan ilmiy-fantastika yoʻnalishidagi romanlardan biri hisoblanadi[1].
Birinchi nashr muqovasi | |
Muallif(lar) | Frank Herbert |
---|---|
Muqova artist(lar)i | John Schoenherr |
Mamlakat | Qo'shma Shtatlar |
Til | inglizcha |
Qismlar | Dune series |
Janr(lar)i | Ilmiy-fantastika |
Nashriyot | Chilton Books |
Keyingisi | Dune Messiah |
Dune voqealar rivoji uzoq kelajakdagi feudal yulduzlararo jamiyatida boʻlib oʻtadi. Unda turli zodagonlar sayyoraviy feudallarni boshqaradi. Ushbu roman yosh Paul Atreides haqida hikoya qiladi. Uning oilasi Arrakis sayyorasini boshqarishni oʻz zimmasiga oladi. Sayyora yashash uchun qulay boʻlmagan va aholi kam yashaydigan choʻldan iborat boʻlsa-da, bu yer umrni uzaytiruvchi va aqliy qobiliyatlarni oshiruvchi melanj yoki „ziravorlar“ preparatining yagona manbai hisoblanadi. Melanj kosmik navigatsiya uchun ham zarur boʻlib, ushbu navigatsiyadan kelajak voqealaridan ogohlantirish va ularni bashorat qilishda foydalaniladi. Asar siyosat, din, ekologiya, texnologiya va insoniy tuygʻularning oʻzaro taʼsirini yoritib bergan.
Herbert asarning beshta davomiy qismlarini ham yozgan: ular Dune Messiah, Children of Dune, God Emperor of Dune, Heretics of Dune va Chapterhouse: Dune seriyalaridir.
Romanni ekranlashtirish juda qiyin va murakkab kechgan. 1970-yillarda kinorejissyor Alejandro Jodorowskiy ushbu roman asosida film suratga olishga urinib koʻrgan. Uch yillik urinishlardan soʻng, loyihaga sarflanadigan budjetning doimiy ravishda oʻsib borayotganligi sababli loyiha bekor qilingan. 1984-yilda rejissyor David Lynch tomonidan suratga olingan film koʻplab tanqidchilarning salbiy fikrlarini olgan. Sotuv boʻyicha muvaffaqiyatsizlikka uchragan boʻlsa-da, keyinchalik katta shuhratga ega boʻlgan. Shuningdek, kitob asosida Sci-Fi ilmiy-fantastik kanalida 2000-yilda Frank Herbertʼs Dune hamda 2003-yilda uning davomi sifatida Children of Dune mini-seriali suratga olingan. 2021-yil 21-oktyabrda rejissyor Denis Villeneuve tomonidan suratga olingan ikkinchi film premyera qilinib, tanqidchilar tomonidan ijobiy baholangan. Film butun dunyo boʻylab 434 million dollar daromad qilgan. Shuningdek, Oskar mukofotining oʻnta yoʻnalishi boʻyicha nomzodlikka qoʻyilib, shulardan oltitasida, jumladan, Eng yaxshi film nominatsiyasi boʻyicha gʻolib deb topilgan. Denis Villeneuve tomonidan suratga olingan film romanning taxminan birinchi yarmida keltirilgan voqealarni qamrab oladi. 2024-yil 1-mart kuni hikoyaning ikkinchi yarmini oʻz ichiga olgan filmning davomiy qismi katta ekranlarga chiqarilgan. Film tanqidchilar olqishiga sazovor boʻlgan hamda butun dunyo boʻylab 705 million dollar daromad keltirgan.
Shuningdek, „Dune“ seriyalari asosida bir nechta video oʻyinlar ishlab chiqilgan.
Yaratilishi
tahrir1957-yilda The Dragon in the Sea romani nashr etilgandan soʻng, Herbert Oregon qumtepalarining shimoliy chekkasida joylashgan Florensiyaga sayohat qilgan. Herbert oʻzining adabiy agenti Lurton Blassingamega yozgan maktubida harakatlanuvchi qumtepalar butun shaharlar, koʻllar, daryolar va magistrallarni[2] yutib yuborishi mumkinligini aytgan. Herbertning qumtepalar haqidagi They Stopped the Moving Sands maqolasi hech qachon oxiriga yetkazilmagan (oradan oʻn yillar oʻtgach, The Road to Dune asarida nashr etilgan). Qumtepalar haqidagi tadqiqotlar Herbertning ekologiya va choʻllarga boʻlgan qiziqishini uygʻotgan[3].
Syujeti
tahrirAtreides uyi gersogi hamda Caladan sayyorasi hukmdori Leto Atreides imperator Shaddam IV tomonidan Arrakis sayyorasining hukmdori etib tayinlanadi. Arrakis qattiq va yashash uchun noqulay boʻlgan choʻl sayyorasi boʻlsa-da, juda katta ahamiyatga ega boʻlgan. Sababi Arrakisda insonning hayotini uzaytiradigan noyob va nihoyatda qimmatli modda boʻlgan spice mavjud edi. Landsraadda Letoning mashhurligi ortib borayotgani sabab imperator Atreides uyini kelajakdagi potensial raqib sifatida koʻradi. Shuning uchun Arrakisning sobiq boshqaruvchilari va Atreidesning azaliy dushmanlari boʻlgan Harkonnen uyi bilan til biriktirib, Leto va uning oilasini yoʻq qiladi. Leto imperatorning topshirigʻi qandaydir tuzoq ekanligini biladi. Biroq imperatorning buyrugʻiga boʻysunishga majbur boʻladi.
Qahramonlar
tahrirAtreides uyi:
- Paul Atreides – Dukening oʻgʻli va romanning asosiy qahramoni
- Duke Leto Atreides – Atreides uyi boshligʻi
- Lady Jessika – Dukening concubineni, Paul va Alianing onasi
- Alia Atreides – Paulning singlisi
- Thufir Hawat – Atreideslar uyidagi qatl marosimlari ustasi
- Gurney Halleck – Atreideslarning sodiq troubadour jangchisi
- Duncan Idaho – Atreides uyi qilich ustasi, Ginaz maktabi bitiruvchisi
- Wellington Yueh – Atreideslar shifokori (Harkonnen uyiga yashirincha ishlaydi)
Harkonnen uyi:
- Baron Vladimir Harkonnen – Harkonnen uyi boshligʻi
- Piter De Vries – biroz aqldan ozgan Mentat
- Feyd-Rautha – Baronning jiyani va merosxoʻri
- Glossu „Beast“ Rabban (shuningdek Rabban Harkonnen deb nomlanadi) – Baronning katta jiyani
- Iakin Nefud – qoʻriqchilar kapitani
Corrino uyi:
- Shaddam IV – Imperator
- Princess Irulan – Shaddamning katta qizi va merosxoʻri, tarixchi
- Count Fenring – imperatorning eng yaqin doʻsti, maslahatchisi
Bene Gesserit:
- Muhtaram ona Gaius Helen Mohiam – Bene Gesserit maktabining prokurori
- Lady Margot Fenring – Bene Gesseritning rafiqasi
Fremen:
- Fremen – Arrakisning mahalliy aholisi
- Stilgar – Sietch Tabr Fremen rahbari
- Chani
- Doktor Liet-Kynes
- Shadout Mapes
- Jamis
- Harah
- Ramallo hazrati ona
Kontrabandistlar:
- Esmar Tuek
- Staban Tuek
Manbalar
tahrir- ↑ „SCI FI Channel Auction to Benefit Reading Is Fundamental“. PNNonline.org (Internet Archive) (2003-yil 18-mart). — „Since its debut in 1965, Frank Herbert's Dune has sold over 12 million copies worldwide, making it the best-selling science fiction novel of all time ... Frank Herbert's Dune saga is one of the greatest 20th Century contributions to literature.“. 2007-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 28-sentyabr.
- ↑ The Road to Dune (2005), p. 264, letter by Frank Herbert to his agent Lurton Blassingame outlining „They Stopped the Moving Sands.“
- ↑ O'Reilly, Timothy. Frank Herbert. Frederick Ungar Publishing Company, 1981 — 39-bet. Qaraldi: 2021-yil 1-avgust.