Dunyoning ishlari
„Dunyoning ishlari“ — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov qalamiga mansub memuar qissa. Asar katta-kichik hikoyalardan iborat, uzoq yillar davomida yozilgan va toʻliq tarzda 2005-yilda "Sharq nashriyoti" tomonidan nashr etilgan. Keyinchalik boshqa nashriyotlar tomonidan ham koʻp bora qayta nashr etildi.
2015-yilgi nashr | |
Muallif(lar) | Oʻtkir Hoshimov |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | Memuar, qissa |
Nashr etilgan sanasi | 1981 |
Jumladan 2015-yilda Yangi asr avlodi nashriyoti tomonidan 336 betli qattiq muqovada nashr etildi. Shu yili Meriyus nashriyoti tomonidan 272 betda, 3000 nusxali qattiq muqovada nashr etildi. Ushbu nashrning ustki qismida qishloq koʻchasidagi uylar va adibning onasi tasvrilangan.
Kitobning orqa tomonida adibning quyidagi soʻzlari keltirilgan: "Dunyoda hech bir chegarani tan olmaydigan va quyosh kabi muttasil nur sochib turadigan sehrli kuch bor. Bu—Ona mehri! Alloh Onani shunday yaratgan!"
Oʻtkir Hoshimov asarini 2005-yilgi nashrida shunday taʼriflagan: „Bu qissa katta-kichik novellardan iborat. Biroq ularning barchasida eng aziz odam — onam siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini oʻz koʻzim bilan koʻrganman. Faqat baʼzilarining ismi oʻzgardi, xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihatdan onamga bogʻlangan.“
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov XX asr oʻzbek adabiyotida oʻz oʻrni va uslubiga ega boʻlgan adib. Uning asarlari oddiy va xalqchilligi bilan ajralib turadi. Dunyoning ishlari asari ham ana shunday xalqchil asarlar sirasiga kiradi. Asar 2024-yilda tarjimon Mark Ris tomonidan ingliz tiliga oʻgirilgan[1].
Oʻtkir Hoshimovning qirqdan ortiq asarlari nashr etilgan. Ushbu kitoblarning umumiy tiraji 2 million nusxadan oshiq. Yozuvchi asarlari koʻpgina xorijiy tillarga tarjima qilingan[2][3].
Asar haqida
tahrirJonli va hayotiy tasvirlar, oʻzbekona yondashuv va xarakter, qahramonlar oʻrtasidagi suhbatlar mutolaa taʼsirini kuchaytiradi. Asar adibning bolalik davridagi voqealari asosida qurilgan. Sovet davridagi oddiy qishloq oilalaru, odamlar turmush tarzi adibning onasi bilan uygʻunlashtirib tasvirlangan. Oʻtkir Hoshimov shu kichik asarida ham dunyoning ishlarini mujassamlashtirgan.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad qissani shunday tariflagan: „Dunyoning ishlari“ asarini qissa emas, doston deb atashni istardim. U qoʻshiqday oʻqiladi. Uni oʻqib turib, oʻz onalarimizni oʻylab ketamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib boʻlmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol koʻz oldimizda koʻndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi“ [4].
Manbalar
tahrir- ↑ „“Dunyoning ishlari” ingliz tilida nashr etiladi“. oyina.uz. Qaraldi: 26-fevral 2024-yil.
- ↑ https://kitoblardunyosi.uz/dunyoning-ishlari
- ↑ https://kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/otkir-hoshimov-dunyoning-ishlari-asardan-osti-chizilgan-parchalar.html
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-dekabr.
Havolalar
tahrirVikiiqtibosda Dunyoning ishlariga tegishli iqtiboslar mavjud. |
- Dunyoning ishlari asari haqida (Wayback Machine saytida 2021-09-27 sanasida arxivlangan)
Romanga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.