Duttabarutia — Hindistonning Gʻarbiy Bengaliyadagi Murshidobod tumanidagi Kandi boʻlinmasidagi Bharatpur II CD blokida joylashgan qishloq hisoblanadi.

Demografiyasi

tahrir

Hindistonning 2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Duttabarutiyada jami 3282 ta aholi soni oʻsha yilgi natijaga koʻra, shu miqdorda bor boʻlgan, ulardan 1679 tasi (51 %) erkaklar va 1603 tasi (49 %) ayollar edi. 6 yoshgacha boʻlgan aholi soni 368 ta kishini tashkil etdi. Savodlilarning umumiy soni esa 1843 ta kishini tashkil etadi (6 yil ichida aholining 63,25 foizi tashkil etgan ekan)[1].

Taʼlimi

tahrir

Ikkita dona boshlangʻich maktab mavjud boʻlgan xolos. Ulardan biri Duttabarutiya 1-sonli boshlangʻich maktab nomli bilan tanilgan, qishloqning markazida joylashgan, ikkinchisi esa Duttabarutiya 2-sonli boshlangʻich maktab nomli bilan nomlangan bolib, qishloqning gʻarbiy qismidagi hududda joylashgan.

Oʻquv maktabi 2008-yilgi koʻrsatgichga koʻra, trening faqatgina ayollar uchun hisoblanadi. Birinchi navbatda ular oʻqib, oʻrganadilar. Kantha tikuv ishlarini 6 oy davomida oʻqishadi. Shundan soʻng ularga ish topshiriladi. Bitiruvchilar oʻz ishlarini oʻz uylarida xohlaganicha erkin tarzda bajaradilar. Oʻquv kurslar bu ishlar uchun pul toʻlar ekan. Bu maktab bitiruvchilarning 700 nafari kursdagilar bilan ishlashar ekan. Ishchilarning soni kundan- kunga ortib bormoqda.

Madaniyati

tahrir

Qishloqda Lord Shiva (Raghavesvar) va maʼbuda Kali nomidagi ikkita mashhur ibodatxonalar mavjud boʻlib, Kali Puja paytida Kali alohida butiga sigʻinmaydi. Buning sabablari hali- hanuzgachon aniq maʼlum emas. Biroq, odamlar mavjud mashhur Kali ibodatxonasi sabab boʻlishi mumkin deb ham oʻylashadi.

Sogʻliqni saqlash

tahrir

Duttabarutiyada 6 oʻringa moʻljakkangan birlamchi sogʻliqni saqlash markazi mavjud xolos[2].

Sporti

tahrir

Qishloqqa kiraverish qismida Katta oʻyin maydonchasi bor.

Manbalar

tahrir
  1. „C.D. Block Wise Primary Census Abstract Data (PCA)“. West Bengal – District-wise CD Blocks. Registrar General and Census Commissioner, India. Qaraldi: 27-avgust 2017-yil.
  2. „Health & Family Welfare Department“. Health Statistics. Government of West Bengal. 2021-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-sentabr 2017-yil.