Kayipov Duysen Kayipovich (qozoqcha: Қайыпов Дүйсен Қайыпұлы; 1927-yil 1-dekabr, Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Zangiota tumani – 1990-yil 10-iyun, Qozogʻiston SSR, Olmota shahri) — sovet va qozoq fizigi, fizika-matematika fanlari doktori (1969), professor (1970), Qozogʻiston SSR Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi (1970)[1].

Kayipov Duysen Kayipovich
Tavalludi 1-dekabr 1937-yil
Toshkent viloyati, Zangiota tumani
Vafoti 10-iyun 1990-yil
Olmota shahri
Fuqaroligi SSSR

Hayoti

tahrir

Kayipov Duysen Kayipovich 1927-yil 1-dekabrda Toshkent viloyatining hozirgi Zangiota tumanida tugʻilgan. Kayipov Duysen oʻrta maktabni tugatgach Moskva davlat universitetiga oʻqishga kiradi. 1950-yilda Moskva davlat universitetini tamomlagan. Universitetni tamomlagach Qozogʻiston SSR Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutida ilmiy xodim boʻlib ishlagan. 1956-yildan 1959-yilgacha Qozogʻiston SSR Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti laboratoriya mudiri sifatida xizmat faoliyatini davom ettirgan. Kayipov Duysen Kayipovich 1970-yildan Qozogʻiston SSR Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi boʻlgan. 1969-yilda institut direktori oʻrinbosari, 1969-yildan 1990-yilgacha esa kafedra mudiri boʻlgan.

Ilmiy faoliyati

tahrir

Kayipov Duysen Kaipovich gamma nurlarining rezonans nurlanishini va Myossbauer effektini oʻrganib chiqqan hamda ularning molekulyar va fizik-kimyoviy xossalarini ochib bergan. Atom yadrosining tuzilishi boʻyicha ilmiy ish qilgan.

U 1955-yilda „Kosmik nurlar taʼsirida hosil boʻlgan yadro-aktiv sekin mezonlarni oʻrganish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan[2]. 1968-yilda esa „Yadrolar tomonidan gamma nurlarining rezonansli tarqalishi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ham muvaffaqqiyatli himoya qilgan[3].

Quyida Kayipov Duysen Kayipovich tomonidan oʻrganilgan baʼzi amaliy ishlar keltirilgan:

1974-yil – Atom toʻlqin funksiyalari jadvallari.

1976-yil – Yadro gamma-rezonansi va tegishli jarayonlar.

1985-yil – Ultrasovuq neytronlar.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir