Duysenqul Sariqulov — sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.

Duysenqul Sariqulov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 6-iyul 1906-yil
Qizilqum tumani Shimoliy-Qozog‘iston viloyati
Vafoti 18-dekabr 1997-yil (91 yosh)
Аlma-ota, Qozog‘iston
Siyosiy partiyasi KPSS
Ilmiy unvoni Iqtisodiyot fanlari doktori
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

Duysenqul Sariqulov 1906-yil 6-iyulda hozirgi Qizilqum tumani (Shimoliy-Qozogʻiston viloyati)da tugʻilgan. KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.

Sariqulov 1923-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1923-1974-yillarda choʻpon shogirdi, Oʻzbekiston Komsomoli Markaziy Komiteti Toshkent okrug qoʻmitasi boʻlim mudiri, Toshkent shahar Oʻzbekiston Kompartiyasi Proletar okrug qoʻmitasi kotibi, Sanoat akademiyasi talabasi, ,,Sunastroy" trest birlashmasi boshligʻi, ,,Sredagidroenergoproekt" tresti boshqaruvchisi, Xalq komissari, Oʻzbekiston SSR goʻsht-sut sanoati vaziri lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. Shuningdek, Shayxontas GESi qurilishi boshligʻi, SSSR Energetika vazirligi huzuridagi Energetika akademiyasining talabasi, Qirgʻiziston SSR shahar va qishloq qurilish vazirining oʻrinbosari, ,,Kazgolodnostepstroy" tresti boshqaruvchisi, Qozogʻiston SSR Vazirlar Soveti huzuridagi Suv xoʻjaligi Bosh boshqarmasi boshligʻi, Qozogʻiston SSR suv xoʻjaligi vaziri, Qozogʻiston SSR Vazirlar Soveti suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi hamda,,Kazgiprovodxoz" instituti direktori vazifalarida ham ishlagan.

D.Sariqulov Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 2-chaqiriq va Qozogʻiston SSRning 5-chaqiriqi deputati etib saylangan.

Davlat va siyosat arbobi Sariqulov 1997-yilda vafot etgan.

Havolalar tahrir

  • Ashimbaev D. R. Qozogʻistonda kim kim: Biografik entsiklopediya. — 11-nashr, qoʻshimcha. — Almati: Credo, 2010. — S. 933. — 1192 b.