Dayson (Dyson deb talaffuz qilinadi) — bu global fan va texnologiya kompaniyasi boʻlib, Singapur, Buyuk Britaniya, Malayziya va Filippinda muhandislik, tadqiqot, dizayn, ishlab chiqarish va sinov markazlariga ega . 1993-yilda tashkil etilgan, oʻz tarixini Buyuk Britaniyadagi angarda boshlagan kompaniya barqaror oʻsib kelmoqda. Kompaniya hozirda Malmesberi va Xullavingtonda umumiy maydoni 320 gektardan ortiq boʻlgan ikkita Britaniya tadqiqot markaziga, shuningdek Singapurda global shtab-kvartiraga ega. Kompaniya butun dunyo boʻylab 14 000 dan ortiq odam, jumladan 6 000 muhandis va olimlarni ish bilan taʼminlasa-da, u oilaviy mulk boʻlib qolmoqda. Dyson oʻz mahsulotlarini 83 mamlakat va mintaqalarda sotadi.

Dyson
Turi biznes, xususiy kompaniya va korxona
Qachon asos solingan 1991[1]
Asoschi(lari) James Dyson
Aylanma daromadi 4 400 000 000[2] va 6 500 000 000[3]

1978-yilda Jeyms Dayson boʻyoq kukuni zarralarini[4][5][6] ilib olish uchun silikon separatordan foydalangan.

1992 yilda G-Force-ni sotishdan tushgan mablagʻ evaziga Dyson kompaniyasi tashkil etilgan, soʻngra Malmesberi, Wiltshire (Malmesbury, Wiltshire) da ixtirochi oʻzining asosiy ilmiy-tadqiqot, rivojlanish ishlari olib boriladigan oʻz zavodi va tadqiqot markazini yaratdi. 1993-yilda Dyson (DC01) brendi ostida nihoyatda mayda changni toʻplaydigan birinchi changyutkich chiqarildi.

Kompaniya siklonik texnologiyadan foydalanadigan qopsiz changyutkichlar, shuningdek, ventelyatorlari, HEPA filtri oʻrnatilgan qoʻl quritgichlari bilan mashhur.

Hozirda [ qachon? ] Dyson mahsulotlari qatoriga LED yoritgichlar, soch uchun fern va dazmollar ham kiradi.

Egalari va boshqaruv tizimi

tahrir

Kompaniyaning rahbari (asoschisi va egasi) — Jeyms Dayson.

Bosh direktor Maks Konze[7].

Asosiy faoliyati

tahrir

Dyson — maishiy texnika, changyutkichlar, qoʻl quritgichlar, ventilyatorlar, LED chiroqlar va soch uchun fenlar ishlab chiqaruvchi kompaniya.[manba kerak]

2014-yil oxirida kelajakdagi texnologiyalarga 1,5 milliard funt sterling, shu jumladan tadqiqotlar va innovatsion mahsulot ishlanmalariga 1 milliard funt sterling sarmoya kiritilishi eʼlon qilindi. Kompaniya toʻrtta yangi texnologiya portfelini shakllantirmoqda.Kelgusi toʻrt yil ichida 100 ta yangi qurilmani jahon bozoriga chiqaradi. Dyson kompaniyasining Singapurdagi raqamli dvigatellar ishlab chiqarish zavodida toʻrtta qoʻshimcha ishlab chiqarish liniyasi ochildi, bu dvigatel ishlab chiqarishni yiliga 11 million donaga oshiradi.

Dyson mahsulotlarini ishlab chiqarish asosan Singapur va Malayziyada amalga oshiriladi.[manba kerak]

Faoliyatning umumiy koʻrsatkichlari

tahrir
  • 2016-yildagi maʼlumotlarga koʻra, xodimlarning umumiy soni butun dunyo boʻylab 7000 dan ortiq kishini tashkil etgan.
  • Dyson turli ixtirolar uchun 1300 dan ortiq patent va 300 dan ortiq patent olish uchun arizalariga ega (2010-yilning oktabr holatiga koʻra).
  • 2010-yilda kompaniya tadqiqot va ishlanmalariga 73 million dollar sarfladi.
  • 4 yil davomida birgina parraksiz ventilyatorlarni ishlab chiqishning oʻzigayoq 14 million dollar sarflandi [8].

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. (unspecified title)
  4. „Forbes 26.04.2011 г.“ (deadlink). 2011-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-iyun.
  5. http://www.vedomosti.ru/companies/news/1348469/ya_ne_hochu_chtoby_v_moem_biznese_byla_logika_dzhejms_dajson „Ya ne xochu, chtobi v moem biznese bila logika“. Gazeta „Vedomosti“ 25.08.2011 g.
  6. „Delovaya pressa № 28(735) ot 11.08.2009 g.“. 2012-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-aprel.
  7. „Дайджест Financial Times и The Wall Street Journal от 5 августа 2013 г.“. Vedomosti.ru. 2017-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-yanvar.
  8. „Russkiy reporter ot 20.04.2011 g.“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-aprel.

Havolalar

tahrir