Ebro — Ispaniyaning shimoli-sharqiy qismida joylashgan daryo. Uzunligi 928 km, havzasining maydoni 86,8 ming km²ni tashkil qiladi. Kantabriya togʻlaridan boshlanib, Aragon tekisligidan oqadi, Katalon togʻlarini kesib oʻtib, Oʻrta dengizga delta hosil qilib quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 560 m³/sek. Qish va bahorda suvi koʻpayadi. Daryo suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Daryo hududida GES qurilgan hamda undan Saragosa shahrigacha kema qatnaydi.

Ebro (daryo)
Tavsif
Uzunligi 910
Suv sarfi m³/s
Davlat Ispaniya
Ebro (daryo)

Manbalar

tahrir