Eddie Tolan
Thomas Edward „Eddie“ Tolan (inglizcha: Thomas Edward "Eddie" Tolan; 1908-yil 29-sentabr, Denver — 1967-yil 31-yanvar, Detroyt[1]) — amerikalik yengil atletikachi va sprinter. 100 metrga yugurish boʻyicha jahon rekordchisi. 1932-yilda 100 va 200 metrga yugurish boʻyicha Olimpiya chempioni. Ikkita Olimpiya oltin medalini qoʻlga kiritgan birinchi qora tanli sportchi[2].
Hayoti
tahrirDetroytdagi oʻrta maktabda oʻqiyotganida Tolan 100 va 200 yard yugurishda Michiganning shahar va shtat chempioni boʻldi. 1929-yilda Michigan universitetida oʻqiyotganda Tolan 100 yard yugurishda (9,5 sek) jahon rekordini oʻrnatdi va 100 metrga yugurishda (10,4 sek) jahon rekordini takrorladi. U NCAA 200 yard va 220 yard yugurishlarda gʻolib chiqdi va 1929 va 1931-yillar oraligʻida Havaskor Atletika Ittifoqining 100 va 220 yard chempionatlarida gʻolib chiqdi.
Tolan 1932-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun Amerika jamoasi tarkibini aniqlagan dastlabki musobaqalarda qatnashib, 100 va 200 metrga yugurishda Ralf Metkalfdan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi[3]. Los-Anjelesda boʻlib oʻtgan oʻyinlarning oʻzida Tolan 100 metrga yugurishda Metkalfni sekundning bir qismiga magʻlub etib, yangi jahon rekordini oʻrnatdi (10,3 soniya) va Olimpiya chempioniпф aylandi. Ikki kundan soʻng u 200 metrga yugurishda ikkinchi oltin medalni qoʻlga kiritib, 21,2 soniya natija bilan Olimpiya oʻyinlarining yangi rekordini oʻrnatdi[4].
Detroytdagi Olimpiada oʻyinlaridan soʻng Eddie qahramon sifatida olqishlandi, Michigan gubernatori 1932-yil 6-sentabrni “Edi Tolan kuni” deb e’lon qildi va mahalliy matbuot uni “dunyodagi eng tezkor odam” deb atadi[5]. Biroq oʻz shahriga qaytgan Tolanning oʻzi ogʻir ahvolga tushib qoldi. Garchi u oʻrta maktab diplomiga ega boʻlsa-da, Buyuk Depressiya davrida qora tanlilar uchun ish topish oson emas edi. Eddie keyinroq vokzal oldidagi chiqindini tozalab yurgan oʻgay akasiga havas qilganini esladi, chunki uning hech boʻlmaganda qandaydir ishi bor edi[6].
Qisqa vaqt ichida Tolan mashhur raqqosa Bill Robinson bilan vodevilda kontsert berdi, shundan soʻng u Ueyn okrugi reestrida xizmatchi boʻlib ishga kirdi. 1935-yilda Tolan trekka qaytdi, bu safar Avstraliyaning Melburn shahrida boʻlib oʻtgan professional yugurish musobaqalarida qatnashdi[7]. U yerda Eddie 75, 100 va 220 yard masofalarda gʻalaba qozondi. Koʻp oʻtmay u kotib sifatida ishiga qaytdi, keyin maktabda fizikadan dars bera boshladi[6].
Manbalar
tahrir- ↑ https://olympteka.ru/olymp/athlets/profile/2000.html
- ↑ „Eddie Tolan. American athlete“ (inglizcha). Encyclopædia Britannica. 22-may 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-may 2016-yil.
- ↑ https://olympteka.ru/olymp/athlets/profile/2000.html
- ↑ https://olympteka.ru/olymp/athlets/profile/2000.html
- ↑ https://olympteka.ru/olymp/athlets/profile/2000.html
- ↑ 6,0 6,1 Bulanda, George. „Unlikely Sprinter“ (inglizcha). Hour Detroit (2015-yil 7-yanvar). 23-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-may 2016-yil.
- ↑ https://olympteka.ru/olymp/athlets/profile/2000.html