Edinburg universiteti — Shotlandiya (Buyuk Britaniya)dagi eng yirik oliy oʻquv yurti. 1583-yil Edinburg shahrida tashkil etilgan. Ilohiyot, HUQUQ, gumanitar fanlar, ijtimoiy fanlar, tibbiyot, veterinariya, musiqa boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasi (1580-yil tashkil etilgan)da 1 mln.dan ortiq asar saqlanadi. 14 mingdan ziyod talaba taʼlim oladi.

Asos solingan sanasi 1583-yil