Edith Martha Holloway (1868—1956) Buyuk urush paytida Serbiyada koʻngilli hamshira boʻlgan. U shuningdek britaniyalik ayol shaxmatchi hamdir. U Qirollik akademiyasida oʻz haykallarini namoyish etgan haykaltarosh Jon Denton Crittendenning (1834—1877) qizi edi.

Hayoti tahrir

Edith Marta Holloway 1868-yili mashhur haykaltarosh Jon Denton Crittenden oilasida dunyoga kelgan.

1919-yilda Birinchi jahon urushidan keyingi birinchi Britaniya ayollar shaxmat chempionati gʻolibi boʻlhan. Edit Marta 1936-yilda oltmish sakkiz yoshida ikkinchi marta chempionlikni qoʻlga kiritib, keyingi bir necha musobaqalarda ham sovrinli oʻrinlarni egalladi.[1]

U 1924-yil Parijda boʻlib oʻtgan 1-norasmiy Shaxmat Olimpiadasida Angliya terma jamoasi safida oʻynadi, uning shaxsiy statistikasi +2 −9 =2 (jami 13 ta oʻyin, dastlabki oʻyinlar bilan birga). Holloway olimpiadada ishtirok etgan birinchi britaniyalik ayol edi. Shuningdek, Edith Martha Fransiyada yashagan rus shaxmat ustasi Piter Potemkinni magʻlubiyatga uchratganligi bilan ham mashhur.[2]

U Meran-1924 (norasmiy ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionati)da Helene Cotton bilan birinchi oʻringa daʼvogar boʻladi. Turnirdan soʻng ishtirokchilarning uchtasi (Holloway, Cotton va Agnes Stevenson) boshqa davlat terma jamoasining uchta aʼzosini (Paula Vulf-Kalmar, Gulich va Pohlner) Londonda boʻlgan Vena oʻyinida ikki raundda magʻlub etishadi.[3]

Holloway, shuningdek, 1927-yilda Londonda oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi birinchi jahon chempionatida (WWCC) 4-5-oʻrinlarga daʼvogar boʻldi. U Varshavada 1935-yili boʻlib oʻtgan musobaqada 6-7-oʻrinlarni (5-WWCC) va 1937-yilda Stokgolmdagi shaxmat musobaqasida 10-16-oʻrinlarni (6-WWCC) egalladi. Bu voqealarning barchasida mashhur ayol grossmeyster Vera Menchik gʻalaba qozondi.[4]

Mashhur oʻyini tahrir

Edith Holloway — Peter Potemkine, Parij 1924-yil, Owenning himoyasi uslubi 1.e4 b6 2.d4 Bb7 3. Bd3 f5 4.f3 fxe4 5.fxe4 g6 6. Be3 e6 7. Nf3 Nf6 8. Nbd2 Ng4 9. Qe2 Nxe3 10. Qxe3 Bg7 11.0-0 Nc6 12.c3 0-0 13. Rf2 Ne7 14. Raf1 d5 15. Ng5 Rxf2 16. Qxf2 Qd7 17. Qf7+ Kh8 18. Nxe6 Rg8 19.e5 Bc8 20. Nxg7 Rxg7 21. Qf6 Nf5 22. Nf3 Qe7 23. Re1 Kg8 24. Qc6 Be6 25. Qa8+ Qf8 26. Qxa7 g5 27. Bxf5 Bxf5 28. Qb7 Be4 29. Nd2 c5 30. Qxb6 Rf7 31. Qe6 cxd4 32. Nxe4 dxe4 33.cxd4 Qb4 34. Rf1 Qxd4+ 35. Kh1 Qd7 36. Qxf7+ 1-0

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir