Edward Teller (1908.15.1, Budapesht — 2003.10.9, Kaliforniya shtati, AQSH) — amerikalik fizik, AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1948-yildan). Vengriyada tugʻilgan, Germaniya, Daniya, Buyuk Britaniyada oʻqigan va ishlagan. 1935-yildan AQSH da. Vashington universiteti (1935—1941), Chikago universiteti (1946—1952), Kaliforniya universiteti professor (1953—1975). Ilmiy ishlari kvant mexanika, yadro fizikasi, termoyadro reaksiyalar, elementar zarralar fizikasi, kosmik nurlar fizikasi va boshqalarga oid. AQSH atom bombasini yaratihda ishtirok etgan (1941— 53), uning bevosita rahbarligi ostida vodorod bombasi yaratilgan. Kosmologiya va yulduzlarning ichki tuzilishi, kosmik nurlarning paydo boʻlishi muammosi va boshqa bilan ham shugʻullangan.