Efemerid vaqti
Efemerid vaqti — astronomiyada qoʻllanadigan maxsus vaqt; sayyoralarning efemeridalarmni hisoblashda qoʻllanadi. Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi notekis boʻlganligi sababli, oʻrtacha sutkalar ham notekis kechadi. Shuning uchun astronomiyada Yerning notekis aylanishi bilan bogʻliq boʻlgan vaqt qatorida, Oy va sayyoralarning harakatidan aniqlanadigan va tekis oʻtadigan Efemerid vaqtidan foydalaniladi va bu vaqt Nyuton vaqti yoki Efemerid vaqti deyiladi. Efemerid vaqti 1950-yil fundamental doimiyliklarga bagʻishlangan Parij konferensiyasida qabul qilindi, 1960-yildan boshlab Quyosh, Oy, sayyoralar va ularning tabiiy yoʻldoshlari efemeridalarini hisoblashda joriy etila boshlandi. Efemerid vaqtidan Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishidan aniqlanadigan dunyo vaqtita oʻtish tuzatmalari (A T) maxsus astronomik yilnomalarda berib boriladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |