Efter badet (shvedcha, „After the Bath“) — ohaktoshdan yasalgan va Stokgolmning Västertorp tumanida joylashgan jamoat haykali. U haykaltarosh Pye Engström tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, u 1971-yil va 1976-yillar orasida besh yil davomida ishlagan. 1976-yildan beri u Västertorpshallen tashqarisida joylashgan boʻlib, munitsipalitetga qarashli jamoat haykali hisoblanadi. U skameyka sifatida qurilgan boʻlib, unda tashrif buyuruvchilar Engström tomonidan tasvirlangan yetti xil siyosiy arbobning quchogʻida oʻtirishlari mumkin. Chapdan oʻngga, ular Elise Ottesen-Jensen, Paulo Freire, Sara Lidman, Mao Zedong, Angela Devis, Georg Borgström va Pablo Nerudalar[1] hisoblanadi.

2008 yil 14 aprelda

Haykal soʻnggi yillarda koʻplab bahs-munozaralarga sabab boʻlgan. 2006-yilda Liberal Xalq partiyasidan mahalliy siyosatchi Martina Lind Stagolom munitsipaliteti Assambleyasiga haykalni ommaviy namoyishdan olib tashlashni taklif qilgan va „shaharda eng dahshatli ommaviy qotillardan birini nishonlamaslik kerak“ deb taʼkidlagan[2]. Shuningdek, u Stagolomda Sovet Ittifoqi va Xitoy qurbonlariga bagʻishlangan yodgorliklar yaratishni soʻragan[3].

2010-yilda Madlen Sjöstedt — taniqli munitsipal siyosatchi, Liberal xalq partiyasiga mansub sahxs. Yana Efter badetiga eʼtibor qaratgan va uni olib tashlashni talab qilmagan boʻlsa-da, u mas’ul organlardan keyingi oʻrinlarda oʻrnatishni talab qilgan. Omma oldidagi chiqishida, „Mao va kommunizm tomonidan sodir etilgan insoniyatga qarshi jinoyatlar“ haqida maʼlumot beragan. Shvetsiya Sotsial-demokratik partiyasi muxolifat siyosatchisi Rojer Mogert haykal „muammo emas“ deb izohlagan. Haykaltarosh Pye Engström tasvirlangan shaxslarning tanlovini „1970-yillar edi“ deb tushuntirdi va keyinchalik haykalda tasvirlangan har bir kishi haqida maʼlumot bergan boʻlsa, shahar maʼmuriyatining izohlariga koʻra manbalar yetalicha emasligi tufayli maʼlumotlarda anglashilmovchiliklar yuzaga kelgan[4][5].

Manbalar

tahrir
  1. Tiberg, Joar. „Förfallet i förorten“ (Swedish). Aftonbladet (2014-yil 29-iyul). Qaraldi: 2014-yil 10-noyabr.
  2. „Trettioårig staty av Mao vållar strid“ (Swedish). Sveriges Radio (2006-yil 5-avgust). Qaraldi: 2014-yil 10-noyabr. „'inte ska hylla en av världshistoriens värsta massmördare'“.
  3. „Mao-staty upprör folkpartist“ (Swedish). Mitt i Söderort B (2006-yil 8-avgust). 2014-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-noyabr.
  4. Leffler, Tove. Maoskulptur upprör kulturborgarrådet (Swedish). Dagens Nyheter (2010-yil 10-avgust), s. 6.
  5. Leino, Per. „Pye tar det med ro“ (Swedish). Hela Gotland (2014-yil 13-avgust). 2022-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-noyabr.