Egalik huquqi
(Egalik Huquqidan yoʻnaltirildi)
Egalik huquqi — mulk huquqiga tegishli tushuncha; mulkni qoʻlda (yaʼni, mulkning bevosita mulkdorni oʻzida boʻlishi) yoki biron joyda (mas, bankda, lombardda) saqlab turish bilan izohlanadi. Mulkdorlik, mulk huquqi mulkka egalik qilish huquqidan boshlanadi. Bunday huquq, avvalo, mulkdorga tegishli boʻladi. Ammo mulkni egallash huquqi qonun yoki shartnomaga asosan boshqa shaxsda ham boʻlishi mumkin. Mas, mulk shartnoma boʻyicha ijaraga qoʻyilishida, vaqtincha tekin foydalanish uchun topshirilishida, garovga qoʻyilishida yoki maʼmuriy dalolatnomalarga binoan vaqtincha saqlash uchun biron tashkilot yoki fuqaroga oʻtkazilishida mulkka Egalik huquqi mulk egasi hisoblanmagan shaxsda boʻladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |